HURLAR (arab. hur al-ayn-shahdo ko‘z) - islom an’anasi va Qur’onga ko‘ra, taqvodorlar
bilan birgalikda jannatda yashaydigan qizlar. Qur’on (2: 23; 3:13; 4:60)da ular jismoniy
va ma’naviy kamchiliklardan xoli bo‘lgan, odam ham, jin ham tegmagan (55:56, 74),
bir-biriga teng, bokira, go‘zal qizlar deb tasvirlanadi. Qur’on sharhlovchilarining fikricha,
H. jannatga tushgan taqvodorlarga ularning qilgan savob ishlari evaziga xotin qilib
beriladi.
HURUFIYLAR - 14-15-alarda Eronda vujudga kelgan g‘ulot shia firqalaridan birining
tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy (taxm. 1340 y.da tug‘ilgan) asos solgan. 1386-
87 ylarda u o‘z ta’limotini targ‘ib qilib chiqqan. U arab harflari sirli mazmunga ega degan
ta’limotni ilgari surgani uchun al-Hurufiy (lug‘aviy ma’nosi "harfchi") taxallusini olgan,
firqaning nomi shundan kelib chiqqan. Tarixiy ma’lumotlar bo‘yicha, uni Amir Temur
Shirvonga badarg‘a qilgan, shu sababli H. Temur va uning xonadonidan bo‘lgan
hukmronlarga nafrat bilan qaragan. Temurning Eron va Ozarbayjon yerlarida hukmron
bo‘lgan o‘g‘li Mironshohni ular dajjol deb ta’riflagan. H. tez vaqt ichida Eron, Ozarbayjon,
Turkiya va Suriyada tarqalgan. H. olam abadiy, insonda xudoning qiyofasi aks etgan,
olam taraqqiyotining har biri bosqichida xudo qiyofasi insonda mujassamlanib namoyon
bo‘ladi, ana shunda insonning o‘zi Xudo bo‘ladi, oxirgi payg‘ambar - Muhammad,
avliyolarning birinchisi Ali, o‘n birinchi imom Hasan al-Askariy esa, imomlarning oxirgasi,
Fazlulloh Astrobodiy - xudo mujassamlashgan birinchi inson, degan ta’limotni ilgari
suradi. Tez orada yerga Mahdiy kelib, ilohiy adolat o‘rnatadi, barchani teng qiladi,
insonning insonga zulm qilishi tugaydi, deb kutadi. Ular mavjud hokimiyatga qarshi
qurolli kurash tarafdori bo‘lgan, 1426-27 y.larda Hirotda temuriylardan bo‘lgan hukmdor
Shohruhga kdrshi suiqasd uyushtirib, uni yarador qildi, lekin u tirik qoldi. Qo‘lga olingan
H. maxfiy tashkilotining a’zolari beayov jazolandi va jasadlari olovda yondirildi. H. qatgiq
ta’qib ostiga olindi va keyinchalik Eronda tugab ketdi.