Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
109
shahid bo‘lgan, jasadi o‘sha yerga dafn etilgan. Shu munosabat
bilan Karbalo shialarning
asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. H. halok bo‘lgan sana shialarda motam kuni
sifatida nishonlanadi (q. AShuro).
HUSAYN VOIZ KOSHIFIY (1440-1505) -ilohiyotchi, shoir va adib. Xuroson viloyati
Sabzavor sh. Bayhaq kentida tavallud topgan. Asosan,
Hirotda yashab, uzoq yillar bu
yerdagi madrasalarda dars bergan. Qur’onga to‘rt jildli sharh bitgan. Shuningdek, din
tarixi, riyoziyot, falakiyot, kimyo, fiqh, adabiyot va san’at sohalarini to‘liq o‘zlashtirgan
va bu fanlarga oid 200 dan ziyod asar yozgan. H.V.K. voiz,
notiq sifatida ham dong
taratgan. "Axloqi Muhsiniy", "Javoqirnoma", "Risolai Hotamiya", "Axloqi Karim", "Tafsiri
Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy", "Anvori Suhayliy", "Oinai Iskandariy" kabi
kitoblarida din-diyonat, ma’naviyat, davlatni boshqarish, komil insonni tarbiyalash
masalalari, gunoh va savob, vijdon, burch singari tushunchalar yoritilgan.
Uning fikricha,
Alloh yaratgan inson zoti dunyodagi eng yuksak, olijanob mavjudotdir, binobarin unda
saxovat, shijoat, sabr-toqat, rostgo‘ylik va kamtarlik kabi fazilatlar mujassam bo‘lishi
shart.
Kishilar birlashib, jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat, davlat esa, adolatli boshqarilsa,
shariatga, diyonatga rioya qilinsa, odil siyosat yuritilsa jamiyat,
mamlakat rivojlanadi,
xalq yaxshi yashaydi. "Rashahot ayni-l-hayot" ("Hayot chashmasidan tomchilar") asarida
naqshbandiylik tariqati mashoyixlari haqida hikoya qilinadi. H.V.K. yaratgan asarlar
o‘nlab yillar davomida Xuroson madrasalarida darslik sifatida mutolaa qilingan, O’rta
Osiyo va Eron tarixi hamda madaniyatini o‘rganishda muhim manba sanalib, arab, eski
o‘zbek, tatar, ingliz, frantsuz va b. tillarga
tarjima etilgan, Sharku G’arb
mamlakatlaridagi kutubxonalardan o‘rin olgan. H.V.K.ning "Futuvvatnomai Sultoniy"
asari nashr etilgan (Toshkent, 1993).