Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
110
- I -
IBLIS - q. Shayton. 
IBN al-ASIR Izziddin Abulhasan Ali (1160-1232) - tarixchi. Iroqning Mosul va Bag‘dod 
sh.lari madrasalarida tahsil ko‘rgan, so‘ng ilm talabida Shom (Suriya)ga safar qilgan. U 
yerdan qaytgach, butun umrini uzlatda, tarixga doir asarlar yozish bilan o‘tkazgan. Eng 
yirik va muhim asari - "Al-Komil fit-tarix" ("Tarix bo‘yicha mukammal asar") bo‘lib, u 12 
jidddan iborat. Unda Islom olamida insoniyat tarixining ilk davrlaridan 1230 y.gacha 
bo‘lgan voqealar, xususan, Xuroson va Movarounnahrning 12-a. va 13-a.ning 1-
choragidagi tarixi yilma-yil bayon qilingan. Asarning mo‘g‘ullar istilosiga bag‘ishlangan 
so‘nggi jildlari qimmatli manba hisoblanadi. Bu asarning tanqidiy matni Leyden (1851-
76) va Misr (1873) da nashr etilgan. Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima etgan. I.al-A. "Tarix 
atabikat al-Mavsil" ("Mosul otabeklari tarixi"), "Usud ul-g‘oba fiy ma’rifat ahvol is-
sahoba" ("Sahobalar ahvolini bilish xususidaga o‘rmon sherlari yanglig‘ qudratli kitob") 
nomli asarlar ham yaratgan. I.al-A.ning akasi [Majiduddin Muborak ibn Abil Karam 
Muhammad Jazariy ibn Asir (1166-1228)] va ukasi [Ziyoviddin Abul Fath Nasrullo ibn 
Asir (1180-1248)] ham tarix, hadis, ilohiyot va adabiyot sohalarida ko‘plab asarlar 
yaratgan. 
 
IBN ARABIY (Ibn al-Arabiy), Muhyi ad-din Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali al-Hotamiy 
at-Toiy (1165-1240) - diniy faylasuf, "vahdati vujud" ta’limoti asoschisi, so’fiylikning 
ko‘zga ko‘ringan vakili. "Ulug‘ shayx" (muallim), "Aflotun (Platon)ning o‘g‘li" nomlari 
bilan ulug‘langan. Andalusiya (Ispaniya)ning Mursiya sh.da tug‘ilgan va diniy bilim 
olgan. Dunyoqarashi so’fiylar ta’sirida shakllanib, Andalusiya va Shim. Afrika bo‘ylab 
safarga chiqqan, mashhur olim va mutafakkirlar bilan muloqotda bo‘lgan. I. A. 
shuningdek, Sharkdagi yirik musulmon so’fiy va ilohiyotchilari Xarroz, Hakim at-
Termiziy, Xalloj, G’azoliy va b.ning asarlarini ham o‘rgangan. 1200 y.da haj ziyoratiga 
borib, umrining oxirigacha Sharkda qolgan. 1201 y.da Makkada yashagan, bu yerda 
mashhur she’riy to‘plami - "Tarjumon al-ashvoq" ("Ishqiy shavq tarjimoni")ni hamda 
so’fiylikka oid risolalarini yozgan. Shu yerda ko‘p jildli "Futuhot al-makkiya" ("Makkaning 
fath etilishi") asari ustida ish boshlagan. Bu asarni "so’fiylik qomusi" deb atashadi. I. 
A.ning eng mashhur risolasi "Fusul al-hikam" bo‘lib, unga 150 dan ortiq sharxlar 
yozilgan. Umuman I. A. ijodiy merosi 300 ga yaqin asarni tashkil etadi. Olim Damashq 
sh. yaqinidagi tog' yonbag‘riga dafn qilingan. Sulton Salim I buyrug‘i bilan 16-a. boshida 
uning qabri ustiga mahobatli maqbara qurilgan, bu maqbara hoz. ham mavjud. I. A. 
zamonasining barcha ilmiy oqimlaridan xabardor edi. U Ibn Rushd, Suhravardiy, ar-
Roziy va b. bilan uchrashgan hamda yozishib turgan. Uning falsafiy dunyoqarashi 
panteistik xarakterda, hamma narsaning yagona asosi diniy substantsiya (ruh, ideya), 
deb hisoblaydi. Mashhur shaxslarga sajda qilishni inkor qilgan, turli dinlarning ahamiyati 
barobar deb hisoblagan. So’fiy sifatida Xudoni oliy, mutlaq haqiqat holda anglash va 
unga ko‘ngilni poklash orqali erishishni tan olgan. I. A. o‘rta asrlar musulmon olamida 
eng ziddiyatli shaxslardan biri. Uning qarashlarini Ibn Taymiya, Taftazoniy singari 
ilohiyotchilar, shuningdek, arab tarixchisi Ibn Xaldun keskin tanqid qilgan. Boshqa 
ko‘pgina musulmon ulamolari esa, uni himoya etgan.


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin