Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
108
atala boshlagan. Eronda shoh hokimiyatiga qarshi kurash
olib borgani uchun shoh
jandarmeriyasi tomonidan 1963 y.da qamalgan, 1964 y.da Turkiyaga badarg‘a qilingan.
1965 y.da Iroqqa borib, shialikning muqaddas markazi hisoblangan
Najafda madrasada
dars bergan. Shoh hukumatining talabi bilan 1978 y.da H. Iroqdan ham badarg‘a
qilingan. Kuvayt hukumati unga mamlakatga kelishga ijozat bermagandan keyin,
Parijda
joylashgan. U yerdan turib, shoh hokimiyatiga qarshi kurashni
va Eronda boshlangan
inqilobiy harakatga yo‘llanma berishni davom ettirgan. Shoh hokimiyati ag‘darilgandan
so‘ng 1979 y. fevr.da Eronga qaytib kelgan. Eron Islom respublikasi tashkil etilgandan
keyin H. rasman davlatning diniy rahbari (viloyati faqih) deb konstitutsiyada e’tirof
etilgan. Diniy rahnamo sifatida u "marjai taqlid" hisoblanib, imom deb yuritilgan.
Dostları ilə paylaş: