Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
HORUT va MORUT - qilgan gunoxlari uchun Bobiddagi zindonga tashlangan ikki 
farishta ismi. Ular Qur’onda sehr bilimdonlari va uni odamlarga o‘rgatuvchilar, lekin uni 
qo‘llash oqibatlaridan ularni ogoh etuvchilar sifatida qayd etilgan (Qur’on, 2:102/96). 
Aqidaga ko‘ra, Alloh insonlarni gunohkor ekanligini qoralayotgan farishtalarni ta’na qilib, 
ular ham yerdagi yo‘ldan ozdiruvchi narsalardan o‘zlarini imonda tiyolmay, poklikni 
saqpab qola olmasliklarini aytgan. Uchta farishta o‘zlarining barqaror ekanliklarini 
isbotlash maqsadida yerga ravona bo‘lishgan. Ularning biri yerdagi ehtiroslar o‘zidan 
g‘olib kelayotganini darhol sezgan va osmonga qaytgan. Qolgan ikkitasi -H. va M. - 
yerda qolib, go‘zal ayolga ilakishib, uning ta’sirida ko‘p bema’ni ishlar qilishgan - 
butlarga sig‘inishdan tortib qotillikkacha borishgan. Ularga kelajakdagi hayotda yoki hoz. 
hayotda jazolanishlari muddatini tanlash taklif qilingan. Ular hoz. hayotda jazolanishni 
tanlashgan va shundan beri Bobildagi zindonga tashlanganlar, u yerda zanjirband holda, 
tashnalik azobida qiyomatdan keyin ozod bo‘lishlarini kutib yotishmoqda. Kimki 
sehrgarlikni o‘rganmoqchi bo‘lsa, ularning yoniga keladi.
HOSHIMIYLAR, banu hoshim - 1) Muhammad (sav) bobo kalonlari Hoshim ibn 
Abdumannof avlodlari; Rasululloh (sav) mansub bo‘lgan urug‘-xonadon. H. Muhammad 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
(sav) hayotlarida, ul zot vafotidan so‘ng esa arab-musulmon tarixida muhim rol 
o‘ynagan (q. Ahli bayt, sharif, sayyid, al-Alaviya, xo‘ja). 2) H. bir qancha musulmon 
hukmdorlari sulolasini shakllantirganlar. Chunonchi, 10-a.dan 1924 y.gacha Makka 
shariflari, uning hokimlari. Bu sulola vakshshari (al-Havoshim-Hoshimiylar) 20-a. 
boshida Hijozda (1908-1925) va Iroqda (1921-1958) davlatni idora etishgan, 1921 
y.dan Iordaniya Hoshimiylar qirolligida, H.ning boshqa bir tarmog‘i esa Marokash 
Qirolligida (10-a.dan) hokimiyatni boshqarib kelmoqda. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin