Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
112
Rasululloh" ("Alloh elchisining hayot yo‘li" - islom an’anasida "Siyra" nomi bilan
mashhur) tarixiy asarini yozgan. Lekin bu asar bizgacha yetib kelmagan,
uning qayta
ishlangani ma’lum.
IBN MOJA, to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Moja ar-Rab’i al-Qazviniy
(824, Qazvin, Eron - 886) - yirik muhaddis. I.M. hofiz, to‘g‘riso‘z tanqidchi, keng fikrli
olim bo‘lgan. U yoshligidan Payg‘ambar (sav)ning hadislari va b.
diniy ilmlar bilan
shugullana boshlagan. Hadis yig‘ish niyatida Iroq, Hijoz, Shom, Misr, Kufa, Basra va
islom olamining boshqa shahar va davlatlariga sayohat qilib, ko‘plab shayx,
muhaddislardan
dars olgan, bahs va munozaralarda ishtirok etgan va hadis ilmining
yetuk bilimdoni darajasiga yetishgan.
I.M. ko‘plab shogirdlar yetishtirgan. I.M.ning eng yirik asarlari sirasiga "Kitob as-Sunan"
("Payg‘ambar sunnati haqida"), "Tafsir al-Qur’on al-Karim" ("Qur’oni karimga tafsir"),
"Kitob at-Tarix" ("Tarix kitobi"). I.M. ijodining bosh asari bo‘lmish "Sunan" asarini
musulmon olimlarining ko‘pchiligi "Sihah as-sitta" ("Olti sahih hadislar to‘plami")ga
oltinchi to‘plam sifatida kiritganlar. Uning ushbu asari 32 qism, 1500 bobdan iborat
bo‘lib, 4341
ta hadis jam qilingan, ulardan 3002 tasi beshta "Sahih" to‘plamlariga
berilgan hadislar bilan mos keladi. 1339 ta hadis ko‘shimcha hisoblanadi. I.M. "Sunan"
asariga Al-Hofiz Jaloliddin as-Suyutiy (1505 y. v.e.) va Shayx as-Sindi al-Madiniy (1725
y. v.e.) sharxdar yozishgan.
IBN ar-RAVONDIY, Axmad ibn Yahyo Abul Husayn (9-a.) - ilohiyotchi; umri davomida
o‘zining diniy-siyosiy qarashlarini bir necha marta o‘zgartirgan. Marvarrudda tug‘ilib,
Bag‘dodda katta bo‘lgan. Bu yerda mu’taziliy Bishr ibn al-Mu’tamir (825 y. dan keyin
v.e.)ning izdoshi bo‘lgan, uning ilohiyot maktabida ta’lim olgan. Dastlabki asarlari
mu’taziliylar g‘oyasini targ‘ib etishga bagashlangan, keyinchalik u mu’taziliylardan
yiroqlashgan va ko‘pgana muarrixlar fikricha, "xudosiz" (mulxid) bo‘lgan. Mu’taziliylar
uni jazolashni xalifadan so‘rashgan. I. ar-R. qochishga majbur bo‘lib,
Kufada bir
yahudiyning uyiga yashiringan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, u 9-a. 60-y.da Bag‘dodda,
taxm. 40 yoshda vafot etgan, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa, 10-a. boshlarida taxm.
80 yoshda vafot etgan.
I. ar-R. 40 dan oshiq asar yozgan. Ularning aksariyati, ham mu’taziliylar, ham
umummusulmon aqidalarini rad etishga bag‘ishlangan. Xususan, "Kitob az-zumurrud"
asarida u payg‘ambarlikni, xususan, Muhammad (sav)ni tanqid qilgan, payg‘ambarlar
ko‘rsatadigan mo’jizalar va Qur’onni
rad etgan, ba’zi diniy aqidalar sog‘lom aqlga to‘g‘ri
kelmaydi deb da’vo qilgan va b. Ibn al-Murtadoning ta’kidlashicha I. ar-R. asarlari
ma’lum mukofot evaziga yahudiylar, nosarolar, duapistlar va b. uchun yozilgan bo‘lsa
kerak. Xususan, imomiylar haqida rofiziylar uchun yozgan risolasi
uchun u rofiziylardan
30 dinor olgan.
Dostları ilə paylaş: