IDRISIYLAR, banu Idris -Mag‘ribdagi birinchi alaviylar sulolasi (789-926). Asoschisi -
Idris I, Hasan ibn Alining chevarasi, Madinada Abbosiylarga qarshi alaviylar qo‘zg‘oloni
(786) qatnashchisi bo‘lib, ta’qibdan qochib Shim. Marokashga eson-omon yashiringandi.
Barbar - zenatlar sardorlarining qo‘llab-quvvatlashiga tayanib, markazi Ulili bo‘lgan
kichik davlat barpo etgan (788), Ulili yaqinida yangi shahar - Fes qad ko‘targan.
Idrisning ukasi Sulaymon, bir oz vaqtdan so‘ng markazi Tlemsen sh. (G’arbiy Jazoir)
bo‘lgan yana bir davlatga asos solgan. I. davlatining ravnaqi Idris II (808-828) va uning
o‘g‘li Muhammad (828-836) hukmronliklari davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda davlat hududi
Baland Atlas tog‘laridan shim.-garbdagi butun hududni qamrab olgan. Bu davrda Fes va
Tlemsen juda tez taraqqiy etgan, yanga shaharlar vujudga kelgan. Idris II davlatni ko‘p
sonli merosxo‘rlari o‘rtasida taqsimlagan, bu o‘zaro nizolarni keltirib chiqargan. 917 y.
Fotimiylar Yahyo IV ni tor-mor keltirganlar, u tobelikni bo‘yniga olgan, lekin 919-920
y.da qamoqqa olinib, qatl qilingan. Fotimiylar va Umaviylarning Marokash uchun olib
borgan uzoq kurashlaridan foydalanib I. Rifdagi mulklarini saqlab qolganlar. 974 y.
Umaviylar so‘nggi I.ni asir olishgan. Ulardan biri, al-Hasan, Qohiraga qochib borib,
Fotimiylarni yordam berishga ko‘ndirgan, biroq yana asirga tushib qatl etilgan.
1010 y. I.ning uzoq tarmoqdaridan biri -Hammudiylar Malaga va Alxesirasni egallab, u
yerda viloyat hokimi sifatida 1057 y.gacha hokimlik qilishgan. Marokashda I.ning
avlodlari (shariflar, mahalliy lahjada- shorfa) ko‘pchilik bo‘lib, hozirgacha ta’sir kuchiga
ega.
IJARA - biror narsani ma’lum muddatga ma’lum mablag‘ evaziga omonatga olish,
yollash. Shariat huquqi bu tushunchada barcha ko‘rinishdagi I.ga olishni yoki biror
xodimni yollashni nazarda tutadi. Yollash haqida tuzilgan shartnoma quyidagi holatlarda
haqiqiy hisoblanadi: 1) I.ga olinayotgan narsa aniq ifodalangan va ikki tomonning
roziliga ochiq-ravshan bayon etilgan bo‘lsa; 2) to‘lov mikdori va muddati aniq
ko‘rsatilgan bo‘lsa; 3) I.ga olinayotgan narsa (yoki yollanayotgan mehnat) musulmon
uchun ruhsat berilgan va foydali bo‘lsa. Bu shartlar oldi-sotdi amaliyotidagi asosiy
talablarga mos keladi. I.ga olish oldi-sotdi sifatida qaralib, unda narsaning o‘zi emas,
balki undan keladigan foyda nazarda tutiladi. I.ga olingan narsaga I.ga oluvchi ziyon
yetkazsa, uning haqqini to‘lashga majbur.