Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
IJOZA (arab. - ruhsat, guvoxlik) - tariqatga oid tushuncha. I.ning uch turi mavjud: 1) 
murid yoki darvishga shayx tomonidan topshiriladigan malaka irshodi. Irshod murid va 
darvishga o‘z shayxi nomidan amaliy ishlar bilan shug‘ullanish imkonini beradi; 2) 
Shayxning xalifasi (o‘rinbosari)ga tariqatga yangi a’zolarni qabul qilish vakolati 
berilganini tasdiqlovchi hujjat; 3) murid yoki darvish so’fiylik ta’limotini to‘liq o‘taganini 
tasdiqlovchi hujjat. 
IJTIHOD (arab. - g‘ayrat qilish, intilish) - faqih tomonidan shar’iy hukmni hosil qilish 
uchun barcha bilim va toqatini ishga solish. I. shar’iy hukmi kelmagan ishning maxsus 
qoidalarni ishga solib shar’iy hukmini aniklash uchun qilinadi. Payg‘ambar (sav) 
tirikligida u kishidan boshqa odam I. qilmagan. Bu mumkin ham emas edi. I. 7-a. oxirida 
vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan 
so‘zlari haqidagi xabarlarida ixtilof paydo bo‘lgan. Bundan tashqari musulmon 
jamoasidagi hayot tarzining o‘zgarib borayotganligi tufayli ko‘plab huquqiy muammolar 
tug‘ilgan. Shuning uchun I.ning asosiy maqsadi yangi yoxud o‘tmishdoshlar tomonidan 
hal etilmagan masalalarni topish, islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish 
bo‘lgan. Keyingi davrlarda Qur’on va Sunnatga tegishli ilmlarning barchasini, ijmo’ga oid 
narsalarni, arab tiliga oid barcha ilmlarni, usul ul fiqh ilmini va shunga o‘xshash I. qilish 
uchun shart bo‘lgan ilmlarni ya’ni oyatlarning sabab nuzulini, hadislarning aytilish sababi 
va o‘rnini oliy darajada bilgan, taqvodorlik, adolatlilik va shunga o‘xshash oliy shaxsiy 
fazilatlarga sohib bo‘lgan kishilar (mujtahidlar) I. qilishga haqli bo‘lganlar. I., asosan, 
fiqhga oid masalalarga qo‘llangan. Aqida va falsafaga oid masalalarda I. qilish mumkin 
bo‘lmagan. O’rta asrlarda, aniqrog‘i 12-a.da ba’zi hokimlarning faqihlarni majbur qilib 
noto‘g‘ri hukm chiqarishga urinishlaridan, noahil odamlarning I.ga o‘zlarini urishlaridan 
ehtiyot qilib ulamolar, I. eshigi berkilganini e’lon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar 
ko‘pchilikning qarshiligiga duchor bo‘lganlar. Shu bilan birga goh-gohida I.ni da’vo 
qilganlar ham chiqib turgan. Bunday shaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qaym misol bo‘la 
oladi. Hanafiylardan Kamol ibn Humom haqida shunga o‘xshash gaplar bor. Ammo, I. 
eshigi berkitilganligi holati hozirgacha davom etib kelmoqda. Yaqin orada biror kishi I. 
qilgani tan olingani yo‘q. Ammo I. qilish zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi 
chaqiriqlar ziyoda bo‘lib bormoqda. Ba’zi zamondosh ulamo va ilmiy muassasalar shaxsiy 
I. emas, ulamolar jamoat bo‘lib I. qilishi tarafdori bo‘lmoqdalar. Shu maqsadda yangi 
paydo bo‘layotgan masalalarda I. qilish uchun Islom davlatlari uyushmasi, Islom olami 
robitasi va b. ba’zi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari tashkil qilingan 
va qilinmoqda.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin