ILOHIY KITOBLAR - muayyan dinda muqaddas va ilohiy hisoblanadigan kitoblar. Diniy
ta’limotga ko‘ra, Alloh o‘tgan payg‘ambarlarning ba’zilariga sahifalar, ba’zilariga esa,
kitoblar nozil qilgan. 100 sahifa va 4 kitob - 100 sahifadan 10 sahifani Odam (as)ga, 50
sahifani Shis (as)ga, 30 sahifani Idris (as)ga, 10 sahifani Ibrohim (as)ga yuborgan.
Muso (as)ga Tavrot, Dovud (as)ga Zabur, Iso (as)ga Injil va Muhammad (sav)ga
Qur’onni nozil qilgan. Qur’ondan boshqa ilohiy kitob va sahifalar bir yo‘la bir daf’ada
nozil qilingan, deb hisoblanadi. Qur’on hazrat Jabroil orqali 23 yil mobaynida oyat-oyat,
sura-sura shaklida yuborilgan. Diniy aqidaga ko‘ra, Alloh bandalarining ruhiy va moddiy
ahvollarini yaxshi bilgan holda har bir payg‘ambarga uning ummatlariga munosib
hukmlar bayon etilgan kitob va sahifalar yuborib turgan. Ular o‘z davrida ummatlar
uchun hidoyat manbai bo‘lgan. Islom ta’limoti bo‘yicha, Qur’oni karim Allohning
qiyomatgacha hukmi o‘zgarmaydigan, tillarda va dillarda saqlanib qoladigan oxirgi
kitobidir.
ILTIJO - ruhoniy yoki dindorning Xudodan, g‘ayritabiiy kuchlardan madad tilab hamda
yovuz kuchlarni qaytarishni so‘rab, murojaat qilishi. I. dinga sig’inishning zaruriy qismi,
ibodat qilish va diniy marosimlarning ajralmas xususiyatidir. Diniy tasavvurlarga ko‘ra, I.
orqali g‘ayritabiiy kuchlarga ta’sir qilish mumkin. Har bir dinda I.ning o‘ziga xos shakli
vujudga kelgan. Mas., islomda duo qilinganda qo‘lini ochib, yuziga surtish (omin qilish).
ILHOD ("bosh tortish", "rad etish") -munozara adabiyotida keng ishlatiladigan ilohiyot
atamasi. Qur’oni karimda (7:180/179; 22:26; 41:40) va hadislarda "buzg‘unchilik",
"qaytishlik", "man etilgan narsani buzish" ma’nosida qo‘llaniladi. Qur’on tafsirchilari I.ga
Allohning go‘zal ismlari muqaddasligini buzish, uning sifatlarini noto‘g‘ri talqin qilish va
b.ni kiritganlar. Ilk islom davrida I. zandaqa (q. Zindiq,) atamasining sinonimi bo‘lgan,
9-a.da har qanday "yangilik" (bid’at) yoki sunniylik ta’limotiga oddiy ravishda
qo‘shilmaslik sunniy ilohiyotchilar tomonidan I. deb baholangan; I.da ayblanganlarni
malahida yoki mulhidun (birligi - mulhid) deb atashgan. Mulhid "g‘orat etuvchi",
"xudosiz" degan haqoratomuz ma’noga ega bo‘lgan. Ka’badan "qora tosh"ni o‘g‘irlagan
bahreynlik qaramatiylar I.da ayblanganlar. Muqaddas yerda man etilgan narsalarni
buzgan (mulhidun) uch kishini Alloh huzurida eng manfur kimsalar ekani haqidagi
hadisga binoan, sunniy ilohiyotchilari islomdagi mana shu "yovuz murtaddar"