Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
121
yuklatilgani, binobarii jonini olmay, o‘rniga so‘ragan narsasini muhayyo etishni va’da
qiladi. Qurg‘oqchilik boshlanib xalq qahatchilikka uchraydi, begunoh hayvonu qushlar
ham nobud bo‘lib, daraxtlar quriydi. Shundan so‘ng qavmning iltijosi bilan I. (as) Allohga
yolvorib duo qilgach, ko‘kda bulut paydo bo‘lib yomg‘ir yog‘adi. Xiyonatkor qavm esa,
yana ahdini buzib zalolat yo‘liga kiradi... Rivoyatda I. (as) pirovardida samoga ko‘tarilib
ketgani aytiladi. Injildagi Iliya to‘g‘risidagi hikoyatlarda ham shunday mazmun bor. ILM
(ko‘pligi ulum) - bilim. Islom dini asoschisi Muhammad payg‘ambar (sav) turli
munosabatlar yuzasidan doimo Alloh ilmi va insoniy ilm haqida uqtirib kelganlar. Qur’oni
karimda 750 ga yaqin joyda I. so‘zi va u bilan bog‘liq fe’l o‘zaklari uchraydi. Alloh ilmi
abadiy va keng qamrovliligi Allohning naqadar qudratli ekanligi belgilaridan biri bo‘lib
xizmat qiladi, inson ilmi ikki xil: oddiy, dunyoviy va diniy, e’tiqodiga mos bo‘ladi. Islomni
islomgacha va undan tashqari bo‘lgan narsalarga, imonni - imonsizlikka va bilimni -
johillikka qarama-qarshi qo‘yish muhim bo‘lgan. I.ga avval boshdanoq o‘ta e’tibor bilan
qarash natijasi shunga olib keldiki, bilimning mohiyatiga ilohiyot, huquqshunoslik,
falsafiy, ijtimoiy-axloqiy kabi musulmon ta’limotlarida juda katta o‘rin ajratildi. Bilimga
intilish har bir mo‘min musulmon va musulmon ayolning burchi va vazifasi ekani farz
qilingan.
Dostları ilə paylaş: