Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
118
bor yoki yo’qdigani aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan. Eridan taloq ila ajragan ayol, I.ni eri ila
yashagan uyda o‘tkazishi lozim.
Chunki bu, yana qayta yarashish uchun berilgan
imkoniyatdir. Homilador ayolning eri vafot etsa yoki taloq qilgan bo‘lsa, I.si tug‘guncha
bo‘lib, tug‘sa I.dan chiqadi.
IDRIS (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, I.
(as) yer yuzida 365 yil yashagan.
Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh "yuksak
martabaga ko‘targan" (Qur’oni karim, 19:56-57). Islomshunoslar I. (as)ni Bibliyadaga
Enoh, ba’zan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilan taqqoslaydilar. I. (as) islom
rivoyatlaridagi Ilyos (as) va Xizr (as) hazratlari singari "abadiy barhayot" hisoblanadi. U
xat
va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan,
yulduzlarga qarab takdirni
aytib berishni, vaqt hisobini bilgan pamg‘ambardir.
Dostları ilə paylaş: