Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
122
(875 y. v.e.), Ibn Moja (886 y. v.e.), Abu Dovud as-Sijistoniy (888 y. v.e.), Termiziy
(892 y. v.e.) va Nasoiy (915 y. v.e.)lar katta hissa qo‘shdilar.
ILOHIYOT (arab. - xudo to‘g‘risidagi ta’limot) - xudo,
uning sifatlari, belgilari va
xususiyatlari to‘g‘risidagi diniy ta’limot. Muayyan diniy akdda va ular haqidaga ilohiy
ko‘rsatmalarni o‘rgatadi. I. muqaddas kitoblar, rivoyatlar kelib chiqishining ilohiy
ekanini, shuningdek ibodatni bajarish bilan bog‘liq bir qator amaliy bilimlar yig‘indisini
o‘z ichiga oladi. I.ning barcha tizimlari dunyoni yaratgan
va uni inson bilolmaydigan
qonunlar orqali boshqaradigan xudoni tan olishga asoslanadi. Islom dinida I. shakllanish
davrida xilma-xil I. oqimlari (jabariylar, qadariylar, mutaziylar, murji’iylar va b.) vujudga
kelgan. Islomda I. ilk shakllanishi davridan boshlab kalom deb atalgan. I. diniy o‘quv
yurtlarida o‘qitiladi.
Dostları ilə paylaş: