Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
yuborib shaharni qumga ko‘mdirib yuborgan. Ba’zan sahroda adashib qolgan yo‘lovchilar
mana shu o‘lik shaharni ko‘rganlari va u yerdan olib kelgan
qimmatbaho toshlar kulga
aylanib qolgani haqida afsonalar mavjud. Qur’ondagi I.Z.I. - qad. arab shaharlarining
halokati haqidagi rivoyatlardan biri. Haqiqiy I.Z.I. - nabateylarning Shim. Hijozdagi ko‘p
ustunli ar-Ramm ibodatxonasi vayronalari. Ko‘p ustunli I.Z.I. obrazida tadqiqotchilar
ba’zan narigi dunyoning qad. mifologik ramzini ko‘radilar.
IRIM - g‘ayritabiiy hodisalarning kishilarga ta’sir
qilishiga ishonib, biror niyat bilan
qilinadigan odat, xatti-harakat. I. o‘zni ehtiyotlash, birovlarga
yaxshilik tilash yoki zarar
yetkazish va b. niyatlarda qilinadi. Jahovdagi deyarli hamma xalqlarda va turli kasb-
hunar sohalarida uchraydi. I., bir tomondan kishilarning ezgulikka intilishlari, orzulari
bilan bog‘lansa,
ikkinchi tomondan, tabiat va jamiyatda qandaydir g‘ayritabiiy sehrli
kuchlarning borligiga ishonishga asoslanadi. I.ni Islom dini bilan hech qanday aloqador
joyi yo‘q. Islom diniga ko‘ra, bu amal xurofot sanaladi.
Dostları ilə paylaş: