Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
135
va eronlik oyatulloh Humayniy Ruhullo Musaviy "I. d." haqidagi nazariyalarning
asoschilari hisoblanadi. Islom dini davlat dini deb e’lon qilingan ba’zi mamlakatlarda
"islom" so‘zi davlatning nomiga qo‘shib aytiladi. Mas.,
Eron Islom Respublikasi, Pokiston
Islom Respublikasi, Mavritaniya Islom Respublikasi va b.
ISLOM KONFERENSIYASI TAShKILOTI (IKT) - hukumatlararo xalqaro tashkilot.
Islom mamlakatlari davlat va hukumat boshliqlarining 1-konferentsiyasida (1969 y.,
Rabot sh., Marokash) asos solingan. Islom davlatlari tashqi ishlar vazirlarining 3-
konferentsiyasida (1972 y. Jidda sh., Saudiya Arabistoni) ta’sis etilib,
ustavi qabul
qilingan. Hozir IKT diniy mushtaraklik asosida jami 55 davlatni, jumladan, mustaqillikka
erishgan
Markaziy Osiyo davlatlarini, shuningdek Falastin ozodlik tashkiloti (FOT)ni
birlashtiradi. IKTning maqsadi a’zo davlatlar o‘rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy
va b. sohalarda
hamkorlikni mustahkamlash, irqiy kamsitishni, barcha shakldagi
mustamlakachilikni tugatishga harakat qilish, tinchlik va
xavfsizlikni saqlash uchun
tadbirlar belgilash, Falastin arab xalqining o‘z huquqlarini tiklash va uning yerlarini ozod
qilish uchun kurashini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. IKTning rahbar organlari - Davlat va
hukumat boshliqlari konferentsiyasi (1981 y.dan har 3 yidda bir marta chaqiriladi) va
Tashqi ishlar vazirlarining konferentsiyasi (har yili yoki zarurat tug‘ilganda chaqiriladi) va
bosh kotib rahbarligidagi kotibiyatdir. IKT qarorgohi Jidda sh.da.
IKT huzurida Islom
taraqqiyot banki, Fan va texnika sohasida hamkorlik bo‘yicha doimiy qo‘mita faoliyat
ko‘rsatmoqda. 1975 y.dan IKTga Birlashgan Millatlar Tashkiloty (BMT) huzurida
kuzatuvchi maqomi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi 1996 y.dan IKTga a’zo.
Dostları ilə paylaş: