www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Movarounnahrda I. va uning yozma manbalari paydo bo‘lgandan buyon olib boriladi.
Musulmon dini tarixi va Qur’onni o‘rganish Amerikada (G. Grunebaum, X. Gibb, M. Vott
va b.), Yevropada (I. Golddier, L. Kaetani, A. Masse, R. Sharl), jumladan, Rossiyada
(A.E.Shmidt, V.V.Bartold. I.Yu.Krachkovskiy va b.) 19-a. o‘rtalaridan keng tus oldi.
Sho‘rolar davridaga tadqiqotlarda I.ga, asosan, yagona marksistik mafkura nuqtai
nazaridan kelib chiqib yondashildi. I.ning insoniyat tamadduni tarixidagi ahamiyatini
ommaga tushuntirishda, Turon zaminida yetishib chiqib islomiy ilmlar xazinasini
boyitgan ulug‘ allomalarning merosini xalqqa yetkazishda Eshon Boboxon Abdumajidxon
o‘gli, muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon, Alixonto‘ra Sog‘uniy, shayx Abdug‘ani
Abdullo va Yusufxon Shokirovlarning xizmati kattadir. 20-a. oxirlaridan boshlab
mamlakatimizda I. bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyati tug‘ildi.
O’zbekistonlik olimlar I. manbashunosliga, Qur’on tarjimasi va tafsiri, I.dagi mazhablar,
oqimlar, mashhur muhaddis va faqihlar xalqaro I. tashkilotlari, diniy bag‘rikenglik, diniy
ekstremizmga oid bir qancha asarlar yozdilar (marhum M.A.Usmonov, shuningdek, N.
Ibrohimov, H. Karomatov, A. Mansurov, A. Hasanov, 3. Husniddinov, 3. Islomov, U.
Uvatov, B. Eshonjonov, B. Abduhalimov, A. Juzjoniy, A. Mo‘minov, A. Azimov, R. Obidov
va b.)- O’zbekiston musulmonlari idorasi "Movarounnahr" nashriyoti faoliyat ko‘rsatadi,
"Islom nuri'' gaz., "Hidoyat" jur. nashr etiladi. Ad.: Qur’oni karim, T., 2001; Hadis (Al-
Jomi’ as-sahih), 1-4 j.lar (2-nashri), T., 1997; Hidoya (1-j.), T., 2000; Sog‘uniy A.,
Tarixi Muhammadiy, (1-2-kitob), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom
(1-kitob: Johiliya asri), T., 2001; Komilov N., Tasavvuf, T., 1999; Husniddinov 3., Islom:
yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.
ISLOM BAYRAMLARI - musulmonlar nishonlaydigan va muayyan diniy marosimlar
bilan o‘tkaziladigan mashhur kunlar. Ular ko‘pchilik musulmon davlatlarida rasmiy
umumdavlat ahamiyatiga ega. Qurbon hayit (iyd al-adha), ramazon hayiti (iyd al- fitr)
asosiy I. b. hisoblanadi (q. Hayit). Hamma I. b. hijriy yil hisobi bo‘yicha nishonlanadi.
I.b.ni Payg‘ambarimiz (sav) quyidagicha ta’riflaganlar: "Har bir millatning o‘z bayrami
bor. Musulmonlar bayrami ro‘za va qurbon bayramidir". Ammo isro va me’roj, rajab,
ashuro, mavlud kabi kunlar umumiy bo‘lmay, ularni nishonlash ixtiyoriydir.
Nishonlamaganlar ayblanmaydi. Shu bilan birga ular turli joyda turlicha nishonlanadi.
Musulmonlar haftaning juma kunini "sayyid al-ayyom va haj al-masakiyn" (kunlar ulug‘i
va miskinlar uchun haj deb) hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: |