Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
ISMOILIYLAR - shialik ichida vujudga kelgan asosiy firqalardan birining tarafdorlari. I. 
harakati 8-a. o‘rtalarida boshlangan. 10-11-a.larda Yaqin va O’rta Sharkda keng 
tarqalgan, imom Ja’far as-Sodiq (q. Ja’fariylar) vorisi masalasi yuzasidan shialar 
o‘rtasida kelib chiqqan ixtilof bilan bog‘liq. I. turli davrlarda, turli mamlakatlarda har xil 
nom bilan atalgan: botiniylar, sab’iylar, ta’limiylar, mulhidlar va h.k. I. shakllanishi Arab 
xalifaligida ziddiyat va xalq qo‘zg‘olonlarining kuchayishi oqibatida ro‘y bergan. 
Shialikning ba’zi tarafdorlari abbosiylar bilan hamjihat bo‘lib, boshqa bir guruh shialar 
esa, abbosiylarga qarshi kurashni davom ettirishda Ja’far as-Sodiqning to‘ng‘ich o‘g‘li 
Ismoilni yettinchi imom deb tan olib, uning atrofiga jipslashdi. Ammo, Imom Ja’far 
maishatga berilgan Ismoil o‘rniga kichik o‘g‘li Muso al-Kozimni voris etib tayinladi. 
Bundan norozi bo‘lgan Ismoil tarafdorlari uning vafotidan (762) keyin o‘g‘li Muhammad 
ibn Ismoilni imom deb tanidi, shu tariqa imomlikni Ismoil avlodida saqlab qolish 
tarafdorlari o‘zlarini Ismoiliylar deb atay boshladi. Muhammad ibn Ismoil vafot etgach, 
uning tarafdorlari o‘rtasida kelishmovchilik chikdi. Ba’zilar uni oxirgi - yettinchi imom 
deb bilib Mahdiy sifatida qayta tiriladi, deb ishondi. 9-a. 2-yarmidan bu ta’limot 
tarafdorlarini qaramatiylar deb atay boshladilar. Ta’qibotlardan Suriya, Xuroson va 
boshqa mamlakatlarga qochgan ikkinchi guruh botiniy (mahfiy) imomlar nomini oldi. 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
Ularning faol da’vatlari tufayli Shim. Afrikada Fotimiylar halifaligiga asos solindi. 10-a. 
oxirida Mag‘rib, Misr, Suriya, Falastin, Hijozda I. hokimiyati o‘rnatildi. 11-a. oxirlarida I. 
o‘rtasida taxt vorisligi xususida nifoq chiqib, ular nizoriylar bilan musta’liylarga bo‘linib 
ketdi. Nizoriylar Fotimiylar xalifaligiga kirmaydigan sharqiy islom mamlakatlari (Eron, 
Suriya va b.)da ustun edi. Musta’liylar esa, Misr va g‘arbiy islom mamlakatlarida 
hukmronlik qildi. Hindiston (Bombay)dagi hoz. I. jamoalari musta’liylarning ma’naviy 
vorislaridir. 11-a. oxirlarida Suriya, Livan, Iroq va Eronning tog‘li joylarida harakat 
qiluvchi nizoriylar ta’qibotlardan qochib, asta-sekin Hindistonga ko‘cha boshladi. 19-
a.ning 1-yarmidan nizoriylarning ma’naviy rahbari Og‘axon unvoni bilan yuritiladi. 
Nizoriylarning Hindiston va Keniyadagi qarorgohlaridan turli mamlakatlarga nizoriylar 
ta’limotining targ‘ibotchilari yuboriladi. 17-a. boshlarida musta’liylarning ham diniy 
markazlari Hindiston (Gujarot)ga ko‘chdi. Hindistonga borib o‘rnashgan musta’liylar 
dovudiylar deb, Yamanda qolganlari esa sulaymoniylar deb atala boshladi, ular o‘rtasida 
hech qanday aqidaviy tafovut yo‘q. 
Umuman, I. ta’limotiga kelganda, u ikkiga: zohiriy (tashqi) - ochiq va botiniy (ichki) -
maxfiy ta’limotlarga bo‘linadi. Zohiriy ta’limot shialarning umumiy ta’limotidan kam farq 
qiladi, u firqaning maxfiy ta’limotidan bexabar bo‘lgan oddiy I. ommasiga mo‘ljallangan. 
Botiniy ta’limotni movarounnahrlik an-Nasafiy (942 y. v.e.) asoslab berdi. Unga ko‘ra, 
mutlaq xudo o‘zidan quyi bo‘lgan 7 ta pog‘onani ajratadi (emanatsiya), ya’ni: mutlaq 
xudo, olamiy aql, olamiy jon, birlamchi materiya, fazo, vaqt va komil inson (ya’ni 
payg‘ambar). Kamolotga erishgan inson (al-inson al-komil), I. ta’limoti bo‘yicha, o‘zvda 
"olamiy akd"ni aks ettirgan notiq (gapiruvchi) bo‘lib, u payg‘ambar maqomida bo‘ladi va 
vahiyni insonlarga yetkazib beradi, o‘zida "olamiy jon"ni aks ettirgan somit (jim 
turuvchi) esa, oyatlardagi botiniy mazmunni tushuntirib beradi. I. tasavvurida insoniyat 
tarixi Odamatodan Qoimgacha bo‘lgan "buyuk davr"dir. U 7 "fitra"dan iboratki, ularning 
har biriga muayyan notiq (payg‘ambar) to‘g‘ri keladi: Odam (as), Nuh (as), Ibrohim 
(as), Muso (as), Iso (as), Muhammad (sav). Har bir payg‘ambar davrining yettinchi 
imomi keyingi payg‘ambar (notiq)ga aylanadi. Demak, Ismoilning o‘g‘li Muhammad - 
yettinchi imom, u Qoim qiyofasida yettinchi payg‘ambar bo‘lib kelishi va "qiyomat qoim" 
gacha hukm surishi kerak. I. ta’limoti, xususan, qarmatiylar mafkurasi islom dinining 
o‘ta so‘l maslaga bo‘lgan. O’rta asr tafakkurining yirik namoyandalari Rudakiy, Ibn Sino, 
Abu-l-Alo al-Ma’arriy va b.ga qarmatiylar mafkurasi ta’sir ko‘rsatgan. Mashhur shoir va 
mutafakkir Nosir Xisrav esa, I.ning yirik namoyandalaridan biri edi. Hoz. davrda 
nizoriylar Suriya, Eron, Afg‘oniston shimoli, Tog‘li Badaxshonda, musta’liylar Yaman, 
Hindiston, Pokiston, Misrda, druzlar Suriya va Livanda bor.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin