Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
139
yetkazish yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda. I. fan sifatida Toshkent
islom un-ti va Toshkent
davlat sharqshunoslik in-tida o‘qitilmoqda.
ISMOIL (as) - Qur’onda nomi zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Ibrohim (as)ning
ayoli Soradan farzandi yo‘q edi. Ibrohim (as) Allohga duo qilib farzand ato etishini
so‘radi. Ibrohim (as)ning farzandga bo‘lgan ishtiyoqini sezgan Sora o‘zi farzand
ko‘rmayotgani uchun Ibrohim (as)ga o‘zining Hojar ismli joriyasiga uylanishni tavsiya
qiladi. Ibrohim (as) Hojarga uylangach, undan farzand ko‘radi
va uni Ismoil deb
nomlaydi. Hojar farzanddik bo‘lgach, Soraning nafsida unga nisbatan g‘ayirlik ko‘paya
bordi va Ibrohim (as)dan uni farzandi bilan olisroq yerga olib borib qo‘yishini talab qildi.
Allohning irodasi va amri hamda Soraning talabiga binoan Ibrohim (as) emizikli I.(as)ni
o‘z onasi Hojar bilan birga bir cho‘lu biyobonga, hozirdagi Ka’ba yoniga olib borib qo‘ydi.
Qaytib ketishi arafasida Hojarning nolasiga javoban Ibrohim (as) bu ishni Allohning amri
bilan qilayotganini aytgach, u taskin topdi. Ibrohim (as) qaytgach, qoldirgan
suv va
oziqa tugab, Hojar o‘zi va farzandi uchun suv axtarib Safo va Marva tepaliklari orasida
yetti marta u yokdan bu yoqqa yugurgan (hojilarning bu tepaliklar orasida yugurish
ibodatining kelib chiqishi ushbu voqea bilan bog‘lanadi). Shu payt I.(as) oyog‘i ostidan
Zamzam bulog‘i paydo bo‘ladi va undan muqaddas suv otilib chiqadi. Ibrohim (as)
gohida kelib ulardan xabar olib ketar edi. Alloh Ibrohim (as)ni imtihon qilish maqsadida
o‘zining suyukli farzandi I.(as)ni Alloh yo‘lida kurbonlik qilishga amr qiladi. Ibrohim (as)
bu voqeani farzandi I.(as)ga aytganida u otasiga "Parvardigor nimaga amr qilgan bo‘lsa
bajaravering, men roziman" - deb javob beradi. Ibrohim (as) farzandi I.(as)ni
qurbonlik
qilmoqchi bo‘lganida Allohdan xitob kelib I.(as) o‘rniga bir qo‘chqorni yuborib shuni
so‘yishlikka amr qiladi. I.(as) voyaga yetgach, Allohning amriga binoan o‘z otasi Ibrohim
(as) bilan birga Ka’bani bino kdladilar. I.(as) shu atrofda yashovchi Jurhum qabilasidagi
bir
qizga uylanadi, lekin bu ayolning noshukur va besabrligini bilgan I.(as) ushbu
qabiladan yana boshqa bir qizga uylanadi. Ulardan arab tilini o‘rganadi. Rivoyatlarga
ko‘ra, shim. arab qabilalarining hammasi I.(as)dan tarqalgan. I.(as) 137 y. umr ko‘rib,
Makkada vafot etgani va onasi Hojar yoniga dafn qilingani rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: