Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
138
Leydenda nashr etildi. I.e. 1954 y. qayta chop qilingan. 1933-65 y.larda arab tiliga
tarjima qilib bosildi. 1950 y.dan Istanbulda turk tilida qayta ishlangan va to‘ldirilgan
holda chiqarildi. 1954 y.dan Yevropa va Amerikaning yirik islomshunoslari I.e.ni qayta
nashr qilish ustida ish olib bormoqda. Hozirda turk tilida "Islom fiqhi", "Hadis
entsiklopediyasi" nashrdan chiqqan. I.e. islomni va Sharq tarixini o‘rganuvchi
tadqiqotchilar uchun muhim manba hisoblanadi.
ISLOM EKSTREMIZMI - islomning qad. g‘oyalari va ideallarini
qayta tiklashni kuch
ishlatish yo‘li bilan amalga oshirishga qaratilgan diniy-siyosiy harakat. Bunday harakat
diniy mutaassiblikka asoslangan bo‘lib, muayyan mazhab ta’limotiga qattiq yopishib
olish oqibatida yuzaga keladi va ko‘pincha muayyan siyosat
va iqtisodiy manfaatlarni
ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Islom dini doirasida birinchi ekstremistik oqim -
xorijiylar harakati edi. Xorijiylar Ali ibn Abu Tolib bilan umaviylar davlatining asoschisi
Muoviya o‘rtasidagi urushni muzokara va kelishish orqali to‘xtatish
siyosatiga Ali rozilik
bergani uchun unga qarshi bo‘ldilar. Xorijiylardan biri Abdurahmon ibn Muljam as-
Sorimiy 661 y.da 4-xalifa Ali ibn Abu Tolibni yarador qilib o‘ldirdi. Xorijiylar umaviylar va
abbosiylar xalifaligaga
qarshi urush olib borib, juda ko‘p musulmonlarning o‘limiga sabab
bo‘ldi. Zamonlar o‘tishi bilan ular barcha islom jamoasining qarshiligiga uchradi. 10-a.da
O’rta Sharkda Hamdon al-Ash’as "al-Karomita" deb atalgan diniy-siyosiy harakatga asos
soldi. Bu harakat vakillari boshqa mazhablar tarafdorlarini o‘ldirish siyosatini olib bordi.
12-a. boshida ismoiliylardan Hasan Sabboh (1124 y.v.e.) va uning tarafdorlari o‘z
diniy
g‘oyalari va siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun qurol ishlatish, qatl qilish,
yo‘lto‘sarlik, terrorchilikdan foydalanib kelgan. Ularning
asosiy qarorgohi va markazi
Alamut qal’asi (Eron)da bo‘lgan. Ular hashish (giyohvandlik moddasi)ni qo‘llash yo‘li
bilan fidoyilarni tarbiyalab, o‘z muxoliflarini o‘ldirishga buyurgan. Keyinroq Alamut qal’asi
Xuloku tomonidan zabt etilib, ularning terrorchilik va siyosiy faoliyatiga barham berildi.
18-a. o‘rtalarida hanbaliy mazhabining ayrim vakillari ta’limotidan
foydalanib,
Muhammad ibn Abdulvahhob (1703-1794) diniy ekstremistik harakat - vahhobiylikka
asos soldi. Keyingi yillarda vahhobiylar harbiy tayyorgarlikdan o‘tib, Tojikiston va
Chechenistonda qo‘poruvchilik, terrorchilikni kuchaytirdilar.
Dostları ilə paylaş: