Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
ISO (as), Iso Masih (Iisus Xristos) - Qur’onda zikri kelgan payg‘ambarlardan biri. I.(as)
islomda Muhammad (sav)dan oldingi payg‘ambar - Isoi Ruhulloh (Allohning ruhi)
sifatida
e’zozlanadi, shuningdek, "Masih", "Hakni so‘zlovchi", "Ibn Maryam", "Allohning
muqarrabi" (yaqini) deb ta’riflanadi. I.(as) yoshi 30 ga yetganida Alloh uni "Bani Isroil"
qavmini hidoyatga boshlash uchun payg‘ambar qilib yuboradi. I.(as)ning da’vatida
shijoat va sidqidildan yordam bergan 12 nafar shogirdlari bo‘lgan, ular Qur’onda
"havoriylar" deb nomlanadi. I.(as)ni ko‘ra olmagan gumroh qavmi undan o‘z
payg‘ambarligini isbotlash uchun mo’jiza ko‘rsatishini talab qilgan. Allohning irodasi
bilan
I.(as) loydan qush shaklini yasab, unga puflasa qush bo‘lib uchar, tug‘ma ko‘r bo‘lib
tug‘ilganlarni qo‘li
bilan silasa, u ko‘radigan bo‘lar, peslarga qo‘lini tekkizsa, u tuzalar
edi. I.(as) Muhammad(sav)ning dunyoga kelishini ham bashorat qilgan edi. Qur’on
ta’limotiga ko‘ra, I.(as) - Allohning o‘g‘li emas, Xudo ham emas. I.(as)
- Allohning qulidir
va bokira qiz Maryamning mo’jiza bilan tug‘ilgan o‘g‘lidir. Alloh tomonidan I.(as)ga Injil
nozil qilingan. Qur’onda yana ta’kidlanishicha, I.(as)ni dushmanlari o‘ldirishmagan, u
chormix
etib qatl qilinmagan, bu hodisa ular ko‘ziga ko‘ringan, xolos. Aslida I.(as)
tiriklayin osmonga ko‘tarilgan va Qiyomat kuni arafasida Yer yuzida yana paydo bo‘ladi
("Maryam" surasi). I.(as) haqida Oli Imron surasi 52-59-oyatlarda, Maryam surasi 33-
37-oyatlarda, Saf surasi 6-oyatda, Moida surasi 112-115-oyatlarda bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: