Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
143
asosida, k,iyos bo‘yicha qabul qilingan rasmiy qaror maqsadga muvofiq bo‘lmasa yoki
zarar keltirsa I. qo‘llaniladi. Mas., shariat kishi o‘zida yo‘q narsani sotishdan qaytargan,
lekin I.ga, asosan, kosiblar, zargarlarga ruhsat bergan.
Zero kosib, zargar xaridor ila hali
tikilmagan mahsi, qilinmagan taqinchoq uchun savdolashadi. I. tamoyili kishilarning
hayotdagi ehtiyoji va urf-odatlariga moslashtirilgan.
ISHOQ (as) - Qur’onda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biri; Ibrohim (as)ning Sora
ismli ayolidan tug‘ilgan o‘g‘li. "Bani Isroil" qavmining barcha payg‘ambarlari I. (as)
avlodidandir. Rivoyatga ko‘ra, yoshi 90 ga yetgan Sora I.(as)ga homilador bo‘ladi va u
tug‘ilgach, unga "Yashak" (arabcha "yazxak" - "kuladi" ma’nosida) deb nom qo‘yadi.
Bunday
nomlanishidan maqsad, ota-onasi shu yoshga yetganda farzand ko‘rganini
eshitgan barcha odam taajjublanib kulishi tabiiy edi. I. (as) voyaga yetgach, Rifqa nomli
qizga uylanadi va undan egazak farzand ko‘radi. Ular Iysu va Yaqub edilar. Rivoyat
qilinishicha, I.(as) 180 yil umr ko‘rgan, Madinatul Xalilga dafn etilgan. I.(as)
haqida
Soffot surasi 112-113-oyatlarda va Sod surasi 45-47-oyatlarda bayon qilingan.
Dostları ilə paylaş: