Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
150
jahd qilganlar; taqvodorlar va ota-onasini rozi qilganlar va ro‘zadorlar kiradigan
darvozalardir. J.ni qo‘riklovchi farishta "Rizvoni jannat" deb ataladi. J.da eng oliy ne’mat
- Allohning diydorini ko‘rishlik hisoblanadi.
JANOZA - islomda dafn etish marosimi; mayyit, murda, tobut. Qur’onda J. to‘grisida
hech qanday ko‘rsatma berilmagan. Fiqhga oid asarlarda J.ga batafsil tavsif berilgan. J.
marosimi turli musulmon mamlakatlarida turlicha bo‘lib, islomgacha bo‘lgan davrda
ushbu xalqlarda mavjud bo‘lgan tegashli urf-odatlar bilan qorishib ketgan. Biroq, amalda
hamma yerda rioya qilinadigan asosiy qoidalarni ajratib ko‘rsatish mumkin. O’lim
yaqinlashib kelayotganini sezgan musulmon kalimai shahodat keltirishi lozim.
Agar uning
o‘zi buni amalga oshira olmasa, uni boshqa odam qulog‘iga shivirlab aytishi lozim.
Bemor "Yesin" surasini o‘qishi yoki eshitishi kerak. O’lim sodir bo‘lgandan keyin
murdaning yuzi qiblaga qaratib qo‘yiladi. Undan so‘ng murdani odatda maxsus odam -
g‘assol yuvadi (g‘usul qiladi). G’usuldan so‘ng murda 2-5 qavatdan iborat toza matoga
o‘ralib kafanlanadi.
Kafanlik odatda, oq, yashil, qora mato bo‘lishi mumkin. Murdaning
ko‘zini yumib, engagi bog‘lanadi. Tizzalari bir-biriga bog‘lanib, qo‘llari ko‘kragiga buklab
qo‘yiladi. Shundan so‘ng uyida yoki masjidda marhumga J. namozi o‘qiladi. O’z joniga
qasd qilgan va dinsizlarga J. o‘qilmaydi (9:84/85). Chaqaloq loaqal bir marta ovoz
chiqarib yishagan bo‘lsa unga J. o‘qiladi. "Shahid ketganlar" g‘usul
qilinmaydi va qanday
kiyimda qazo qilgan bo‘lsa, o‘sha kiyimda dafn etiladi. J. o‘qilmaydi. Agar o‘lim ertalab
sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha kuni (imkon boricha, kun botgunga qadar), agar kunduzi yoki
kechasi vafot etgan bo‘lsa ertasiga dafn etiladi. Ayollar odatda, dafn marosimida
qabristonga borishmaydi. Ularning qattiq ovoz chiqarib yig‘lashlari ham man etiladi.
Qabrga mayyitning yaqin qarindoshlarini tushirishadi va
uning yuzi qiblaga qaratib
qo‘yiladi. Qabr imkon boricha kengroq qilib kavlanadi, uning yon burchagida tuynuk
bo‘lib, undan pastga qaragan lahadga tushiladi. Unda e’tiqodga ko‘ra, Munkarnakir
savol-javobga kelganda mayyit "o‘tira oladigan" bo‘lishi lozim. Buning uchun kafandagi
bog‘ichlar ham bo‘shatib (echib) qo‘yiladi. Dafn marosimi Qur’on sura (odatda 1, 2, 18,
36, 44, 97-sura)larini o‘qish bilan yakunlanadi.
Dostları ilə paylaş: