Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
148
- J -
JABARIYLAR (arab. jabr so‘zidan - zo‘rlik ishlatish, majbur qilish ma’nosida) - 7-a. oxiri
- 8-a. boshida islom ilohiyotida paydo bo‘lgan oqim tarafdorlari. J.
islomda taqtsir
masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biri hisoblanadi. J. ahdi sunna val
jamoada tan olingan takdir masalasini inkor qiladi. J. inson takdirini xudo mutlaq
oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q,
bular
faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib
olish imkoniyatiga ega,
degan aqidalarni ilgari surgan. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga J.
qarshi
bo‘lgan. Shuningdek, J. turli davrlarda ma’lum muddat hokimiyat tepasida bo‘lgan
xalifalarga ta’sirini o‘tkazib, siyosiy hayotda muhim rol o‘ynagan. Natijada o‘ziga qarshi
oqim va mazhablarga tazyiq o‘tkazgan. J.ni hokimiyat tepasida turgan umaviylar qo‘llab-
quvvatlab, ularga qarshi bo‘lgan diniy firqa va siyosiy guruhlarni ta’qib ostiga olgan.
JABROIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil bilan birga). Alloh
amrlarini Payg‘ambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi),
samoviy
ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha Payg‘ambarlarga jumladan
Payg‘ambarimiz (sav)ga ham xudo tarafidan kelgan vahiylar farishtalar ulug‘i J.
orqali
kelgan. J. Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qur’on oyatlarini yetkazib bergan
Qur’oni karimda J. "muqaddas ruh" "olijanob elchi" nomi bilan tilga olinadi Qur’ondan
keyingi rivoyatlarda J.ni avvals Muhammad (sav) hayotlaridagi o‘rni batafsil bayon
qilingan. U Rasulullohga me’roj kechasi hamroh bo‘lib, u zotni ehtiyot qilgan va yo‘l
yo‘riqlar ko‘rsatgan, harbiy yurishlarda va ilohiyotga doir munozaralarda ko‘maklashgan
J. boshqa Payg‘ambarlar tarixida ham muhim o‘rin tutgan.
Alloh taolo Odamatoni
yaratish uchun J.ni tuproq keltirishga yuborgan, J Odamato jannatdan quvilganida unga
g‘amxo‘rlik qilgan, Nuh (as)ni xalos bo‘lishiga yordamlashgan va Ibrohim (as)ning
o‘g‘illarini qutqargan, Yusuf (as)ni ko‘p
tillardan boxabar qilgan, Dovud (as)ga sovut
yasashni o‘rgatgan Sulaymon (as)ga yordamlashgan, Zakariyo (as)ga Yah’yo (as)ni
tug‘ilishini bashorat qilgan va b. JAZAVA (arab. "jazaba" so‘zining buzilgan shakli) -
kuchli asab qo‘zg‘alishi, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qilolmay qolish xayolot va voqelik
o‘rtasidagi muvozanatning yo‘qolishi natijasida yuzaga keladigan holat J-ning eng ko‘p
turlari odatda shialikdagi "shaxsey-vaxsey"d,a uchraydi.
Tasavvuf istilohida esa, J.
tariqat ahlining ilohiy ishq ta’sirida shavku zavqqa tulishi, zikr va samo’ asnosida o‘zidan
ketish holatlari sifatida talqin etiladi.
Dostları ilə paylaş: