Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
155
bo‘yrada ham namoz o‘qilavergan. Hozirda J. keng ko‘lamda qo‘llanishidan qat’i nazar,
zarurat taqozo qilgan paytlarda pok tuproq yoki o‘tloq ustida ibodat qilish mumkinligi
nazarda tutilishi lozim. J. tayyorlash - musulmon mamlakatlarda amaliy san’atning
an’anaviy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. J.dan asosiy maqsad namoz o‘qiladigan joy
pokiza bo‘lishini ta’minlashdan iborat.
JOLUT - Qur’ovda zikr etilgan shaxs. Tolut (Saul)ga dushman qo‘shin boshlig‘i.
Qur’onda
aytilishicha, Tolut J.ga qarshi oz sonli qo‘shin bilan otlangan, biroq Alloh
taoloning yordami bilan zafar qozongan. J. Dovud (as) tomonidan o‘ldirilgan
(2:249/250-251/252). Musulmon rivoyatida bu urush haqida ancha batafsil berilgan. J.
to‘g‘risidagi rivoyatlar kelib chiqishi jihatidan turli (barbar, xananey, odiy,
samudiylardan) bo‘lsa-da, lekin u Falastinning tub aholisi vakili sanaladi. Musulmon
rivoyati J. shaxsi atrofida isroilliklarning ko‘shni xalqpar bilan
kurashi haqidagi boshqa
rivoyatlarni xam guruhlashtirgan.
JOME MASJID - Islom mamlakatlarida shahar markazidagi yoki nisbatan katta
hududdagi asosiy va eng katta bosh masjid. Jamoa uchun zarur turli xabarlar e’lon
qilinadigan, haftalik juma, hayit namozlari jamoa bo‘lib o‘qiladigan maxsus bino. Shahar
tashqarisida musallo, namozgoh.
Juma masjid, guzar (mahalla) masjidlariga nisbatan
uning tuzilishi salobatli. Urta Osiyoda J.m.ning umumiy tarhi murabba yoki to‘g‘ri
to‘rtburchaqli xonaqoh bo‘lib, bir (old yoki yon) tomoni, ikki (jan. va sharqiy yoki shim.
va sharqiy) yoki uch tomoni ayvon bilan o‘ralgan. Xonaqoh tomi gumbazli yoki to‘sinli.
Ayvon va xonaqoh kattaligi to‘sinlar soni va qatori bilan belgilangan, ba’zan xonaqoh 1,
2, 4 gumbazli,
ayvonlar atrofi qator ustunli, burchakda azon aytishga mo‘ljallangan
mezana va hovli o‘rtasida hovuz bo‘lgan. Buxoroda birinchi J.m. 713 y. Qutayba ibn
Muslim tomonidan ta’sis etilgan. J.m. uchun mahalliy majusiylar ibodatxonasi
moslashtirilgan. 14-15-a.larda J.m. qurilishiga davrning mashhur me’mor va
muhandislari safarbar qilingan.
Dostları ilə paylaş: