Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
157
olgan. Otasi vafotidan so‘ng 19 yoshli J. otasi o‘rniga shofi’iy fiqhi mudarrisi vazifasini
egallagan. Saljuqiylar vaziri al-Qunduriy tomonidan ash’ariylarga quvg‘in
uyushtirilgan
chog‘da J. Hijozga qochib borib, Makka va Madinada yashagan (1058-62), shu tufayli
Imom al-Xaramayn ("ikki muqaddas masjid imomi") faxriy unvonini olgan. Vazir
Nizomulmulk davrida ash’ariylarni quvg‘in qilish to‘xtatilgan. J.
Nishopurga qaytgan,
vazir unga atab Nizomiya madrasasini ta’sis etgan. Shu madrasada J. shofi’iy fiqhining
eng yaxshi bilimdoni sifatida shuhrat qozongan va umrining oxirigacha shu yerda dars
bergan. J.ning kalomga oid asosiy asari "ash-Shomil"dan bizgacha uning uchdan bir
qismi
yetib kelgan, uning qisqartirilgan nusxasi -"al-Irshod" deb ataladi. Umuman
olganda J. Ash’ariy, Boqilloniy va Abu Ishoq al-Isfaroiniy (1027 y. v. e.)larning
g‘oyalarini rivojlantirgan.
Dostları ilə paylaş: