Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
156
tso‘stlik shabadalari" asari tasavvuf tarixini o‘rganishda
muhim manba sanaladi, unda
616 nafar mutasavvif hayoti va faoliyati to‘g‘risida muxtasar ma’lumotlar bor. Navoiy bu
asarni J. vafotidan so‘ng to‘ldirishlar bilan turkiy gilga tarjima etgan.
J. asarlarida diniy-tasavvufiy mazmun, Allohni tanish va bilish bilan bog‘liq haqiqat
majoziy yo‘lda ifodalangan. J. Allohni yorug‘ nur ko‘rinishida
tasavvur etadi, uni go‘zal
mahbub qiyofasida tasvirlaydi. Alloh minglarcha ko‘zguda, turli qiyofa va ko‘rinishda
namoyon bo‘ladi. J. hayot, inson go‘zalliga, tuyg‘u va ehtiroslariga tasavvufiy ma’no
beradi. ''Ahrorlar uchun tuhfa" asarida tasavvufga oid atamalarni izohlaydi.
J.ning din, xususan tasavvuf, arab tiliga oid asarlari qayta-qayta nashr etilgan, keyingi
davrlarda ham madrasalarda darslik va qo‘llanma vazifasini o‘tagan.
JOHIZ, al-Johiz Abu Usmon Amr ibn Bahr taxm. 767-868) - basralik arab mutafakkiri.
Mu’taziliylar oqimi nazariyotchilaridan biri. "Al-johiziya"
deb nom olgan ilohiyot
maktabining asoschisi. J. yunon tabiat falsafasi g‘oyalari ta’sirida moddaning abadiyligi
va xususiyatlarining doimiy o‘zgarib turishi haqidagi fikrlarni bayon qilgan. J. tirik va
noorganik jismlar o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarga ega, deb hisoblaydi. J.
insonning iroda
erkinligini tabiiy intilish sifatida talqin etgan. Aql-idrok beradigan dalillarni islom
akidalariga tatbiq etish tarafdori bo‘lgan. Hayvonot olamiga bag‘ishlangan 10 jildli "al-
Hayavon" nomli, arab tili notiqligiga oid "al-Bayon vat-tabyin", baxil odamlar hayotidan
olingan hajviy hikoyalar yozilgan "al-Buxalo" kabi asarlari hoz. kungacha yetib kelgan.
Dostları ilə paylaş: