Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
JUMA (arab. - jam bo‘lish) - musulmonlar solnomasida oltinchi kun nomi. Islom dinida 
"sayyid ul-ayyom" - kunlarning ulug‘i sifatida e’zozlanadi. J. kuni peshin namozi o‘rniga 
J. namozi o‘qiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mav’iza (diniy 
va’z) o‘qiydilar. So‘ng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. 
Musulmon mamlakatlarida J. kunini dam olish kuni deb belgilaganlar. Mufassir 
ulamolarning rivoyatlariga ko‘ra, Alloh taolo yahudlarga shanba kunida boshqa ishlarga 
mashgul bo‘lmay, faqat ibodat ila shug‘ullanishni buyurgan. Nasorolar esa, yakshanba 
(voskresene) kunini faqat ibodat uchun belgilab olganlar. J. kunini islomdan oldin arablar 
"aruba" deb ataganlar. Birinchi bo‘lib, bu kunni J. deb atagan kishi Ka’b ibn Luay. Buning 
sababi, Madinaga payg‘ambar (as) kelishlaridan oldin, ansorlar (madinaliklar) "yahudlar 
va nasorolar 7 kunda bir bor to‘planib ibodat qiladilar. Kelinglar, biz ham bir kun 
to‘planib Allohga shukur va zikr aylaylik, yahudlar shanbani, nasorolar yakshanbani 
ixtiyor qilishgan, biz "aruba" kunini olaylik", deb aytishdi. As’ad ibn Zaroraning uyida 
to‘planib, 2 rakaat namoz o‘qib, zikr aytganlar. Shu kuni to‘planganliklari sababli, J. deb 
ataganlar. Islomda birinchi J. shu kuni bo‘lgan. Bu voqea "Jumua" surasi nozil 
bo‘lmasdan oldin bo‘lgan, Ammo haftada bir kun dam olish bo‘lsa, bundan taxm. 150-
170 y. ilgari, ko‘pchilik kishilar ishlaydigan korxonalar paydo bo‘lganda, soatbay ish 
kunlari joriy qilinganda, haftada bir kun dam olish kunini nasorolar - ruslar o‘zlarining 
ibodat uchun ajratilgan kunini tiklashgan. Keyinchalik musulmonlar ham dam olish 
kunini J. deb belgilaganlar.
 
JUNAYD BAG’DODIY, Abul Qosim al Junayd ibn Muhammad al-Qavoririy al-Hazzoz al-
Bag‘dodiy (? - 910) - tasavvufdagi 2 asosiy oqimdan biri - junaydiya asoschisi. J. fors 
bo‘lib, Bag‘dodda (yoki Naxovand sh.) tug‘ilgan va butun umri shu yerda o‘tgan. 
Go‘dakligida otadan yetim qolib, tog‘asi, so’fiy Sari as-Saqatiy (867 y. v.e.) qo‘lida 
tarbiyalangan. Shofi’iy huquqi va hadislarni mashhur faqih Abu Savra Ibrohim al-
Bag‘dodiy (854 y. v.e.)dan o‘rgangan. Tasavvufda J.ning ustozlari Sari as-Saqatiy va al-
Xoris al-Muhasibiy (taxm. 781-857) bo‘lgan. Ular Bag‘dod so’fiylik maktabi asoschilari 
hisoblanib, Allohning yagonaligi (tavhid) va psixologik tajriba va his etish asosida Uni 
bilish darajasi haqidagi ta’limotni ishlab chiqqanlar. J. so’fiylikni doimiy ruhiy poklanish 
va turli qarashlar kurashi vositasi deb bilgan. Uning fikricha, so’fiyning hayoti Allohning 
yagonaligani bilish yo‘lvda tinimsiz sa’y-harakat qilish, o‘zini Allohga abadiy tobe ekani 
va uning oldida o‘zini naqadar ojiz ekanini his etishdan iborat. J.ning bir asari - "Rasoil" 
saqlanib qolgan. Unda J.ning maktublari, so’fiylikka doir maqola, risolalari jamlangan 
bo‘lib, ularning bir qismi Qur’onning ayrim oyatlariga sharh shaklida yozilgan.


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin