www.ziyouz.com kutubxonasi
158
JUNUJIRDIY, Abu Muhammad Abdulloh ibn Muhammad al-Junujirdiy al-Marvaziy;
laqabi Abdon (835-906) - shofi’iylikdaga yirik faqih, muhaddis; Marv muftiysi va
shofi’iylari peshvosi. Marv viloyatidagi Junujird (Genugird) qishlog‘ida tug‘ilgan.
Sam’oniyning yozishicha, J. Iroq, Shom (Suriya), Xijoz va Misr shaharlari bo‘ylab ko‘p
yillar sayohat qilgan va o‘sha yerlardagi allomalardan shofi’iya fiqhidan saboq olgan.
Xususan, u imom al-Mozijiyning shogirdi bo‘lib, uning shofi’iylikdagi mu’tabar manba
hisoblangan "al-Muxtasar" kitobini birinchi bo‘lib Marvga keltirgan. Vataniga qaytgach,
Xurosondagi eng yirik shofi’iylardan sanalgan va keng shuhrat qozongan. 900 y. haj
safari oldidan somoniylar amiri Ismoil ibn Ahmad qabulida katta ehtirom bilan kutib
olingan. Sam’oniy J.ning 20 ta ustozi va 12 shogirdini sanab o‘tgan va fiqh va hadisga
doir 3 asari borligani qayd etgan. Marvda, Tannurgaron qabristoni orqasida, Abdulloh ibn
al-Muborak al-Marvaziy raboti qarshisida dafn etilgan. 12-a.da uning qabri ziyoratgoh
joy bo‘lgan.
JURJONIY, Ali ibn Muhammad, laqabi as-Sayid ash-Sharif (1339-1413) - so‘nggi kalom
vakili, mutakaplim. Astrobod yaqinidagi Tagu sh.da tug‘ilgan. Astrobodda ta’lim olgan,
mudarrislik faoliyati bilan shug‘ullangan, O’rta Sharq shaharlari bo‘ylab ko‘p sayohat
qilib, Kugbiddin ar-Roziy at-Taxtaniy, al-Fanariy, Muborakshoxlardan saboq olgan.
Taxm. 1374 y. Sheroz sh.ga kelgan, shahar Amir Temur tomonidan egallangach (1387),
Samarqandga ko‘chib ketib, bu yerda yashagan, 20 y.ga yaqin Temur saroyida ijod
qilgan. Temur vafotidan so‘ng (1405) Sherozga qaytib, shu yerda vafot etgan. J.
"Mavokif al-Ijiyga sharh" va falsafiy atamalar lug‘ati - "at-Ta’rifat" muallifi.
JU’AL ibn SUROQA, Ju’ayl, Ji’ol, Juffol, to‘liq ismi Ju’al ibn Suroqa ad-Damriy al-Riforiy
(7-a.) - ilk muhojirlardan. Faqir bo‘lgani uchun Suffa ashobi orasidan joy olgan. Hazrati
Payg‘ambar (sav) Banu Musta’liq g‘azvasiga ketayotganlarida Ju’alni Madinada
o‘rinlariga vakil qilib qoldirganlar. Zotur-Riqo g‘azvasidan qaytayotganlarida esa, zafar
mujdasini Madinaga yetkazish vazifasini unga topshirganlar. Ju’al bani Kurayza
g‘azvasida bir ko‘zidan ayrilgan. Ju’al Janobi Rasululloh (sav)ga nihoyatda bog‘lanib
qolgan edi. Uning mustahkam imon egasi ekaniga Hazrati Payg‘ambar shohidlik
berganlar. Hunayn g‘azotidan keyin o‘ljalar taqsimoti chog‘i Rasululloh Aqro’ ibn Hobis
bilan Uyayna ibn Xisnga 100 tadan tuya berib, Ju’alga hech narsa bermagan edilar.
Sababini so‘ragan bir sahobiyga, Aqro’ bilan Uyaynani Islomga isintirish uchun ortiqcha
o‘lja berganlari, Ju’alning esa, imoniga tayanganlarini aytganlar. "Ju’al bulardaqasidan
bir dunyo kimsalarga teng keladi", deganlar. Tabuk g‘azvasida Hazrati Payg‘ambar (sav)
bir mo’jizalari ila qornini to‘yg‘izgan uch sahobiyning biri Ju’al edi.