Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
KASHSHIY, Abu Muhammad Abdulhamid (Abd) ibn Humayd al-Kashshiy (? - 863) - 
yirik mufassir, muhaddis, faqih, adib. Kesh (Shahrisabz)da tug‘ilgan. Fiqhshunoslikdagi 
maktab asoschisi, undan ta’lim olish uchun huzuriga ko‘plab mamlakatlardan olimlar 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
165
kelishgan. Sam’oniy K.ning 2 ustozi va 14 shogirdi borligani qayd etib o‘tgan. Fiqh, 
adabiyotshunoslik, Qur’on tafsiriga oid 7 asar yozgan. 
KA’BA (arab. - kub, to‘rt burchak) - islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi. 
Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish - haj va umraning asosin 
amallaridan biri. 
K. Makkadagi eng katta Masjidi Haramning markazida joylashgan bo‘lib, 10x12x15 (bal. 
15 m va poydevori 12x10 m) o‘lchamdaga bino. Odatda, K.ning usti qora mato (kisva) 
bilan qoplangan bo‘ladi, unga Qur’onning Makka va hajga oid oyatlari zarhal bilan yozib 
qo‘yilgan. K. devorining tashqi g‘arbiy burchagida "Qora tosh" ("Hajar al-asvad") 
joylangan. Shim.-sharqiy devordagi eshik ham choyshab bilan qoplangan va yerdan 
chamasi 2 m baland o‘rnatilgan. K.ning ichi tavof qilinganda devorga narvon qo‘yiladi. 
Ichkarida uchta ustun bo‘lib, shiftiga sirlangan ko‘pdan-ko‘p chIroq osilgan. 
Devorning eshik bilan "Qora tosh" oralig‘idagi qismi al-multazam deyiladi, uning yonida 
Allohga ayniqsa yoqadigan duolar o‘qiladi. Shim.-g‘arbiy devorning tomidan tilla suvi 
yugurtirilgan tarnov ko‘rinib turadi, u al-mizob yoki mizob al-rahma deb ataladi. Shu 
tarnov bilan g‘arbiy burchak oralig‘i qibla hisoblanadi. Shim.-sharqiy devor yonidagi 
yarim doira shaklidagi devor (al-xatim) al-hijr (yoki hijr Ismoil)ni to‘sib turadi, hojilar 
tavof vaqtida bu joyga kiritilmaydi; Ibrohim (as) zamonida bu joy K.ning bir qismi 
bo‘lgan; bu yerga Ismoil (as) va uning onasi Hojar dafn etilgan, deb rivoyat qiladilar. 
Devor qarshisida maqom Ibrohim deb atalgan inshoot bo‘lib, undagi toshda odam izlari 
ko‘rinadi. Aytishlaricha, Ibrohim (as) K.ni qayta tiklayotganida shu tosh ustida turgan. 
"Qora tosh" yaqinida esa Zamzam bulog‘i bor. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) 
25-30 yoshlarida bu yerdagi ta’mirlash ishlarida qatnashganlar. 
Odamatoning uchinchi o‘g‘li Shis (as) tomonidan qurilgan, Ibrohim (as) tomonidan 
ta’mirlangan va Muhammad (sav) tomonidan kofirlardan tozalangan K. Yasrib 
(Madina)da qibla deb e’lon qilingach, uning ahamiyati juda oshib ketdi (o‘shangacha 
Kuddusga qarab ibodat qilinar edi). K. islomning alohida din sifatida shakllanishida 
g‘oyat katta vazifani bajardi. 
Muhammad (sav) boshchiligadagi musulmonlar 629 y.da Makkaga kichik haj qilgan, 630 
y.da esa, ular Makkani egallab, Maryam va Iso (as) tasviridan boshqa barcha sanam va 
tasvirlarni olib tashlaganlar, suvrat va yozuvlarni o‘chirganlar. 630 y.da Abu Bakr (ra) 
boshchiligida birinchi haqiqiy musulmon haji ado etiladi. Muhammad (sav) 631 y.da haj 
amallariga boshchilik qiladilar. Xalifa Umar (ra) davrida K. yonidaga uylar buzib 
tashlandi va uning atrofida Masjidi al-Haram qurildi. 683 y.da K.ni Umaviylar qo‘shinlari 
o‘qqa tutdi. Keyin u qayta tiklanib, kengaytirildi (va uning yoniga al-hijr qo‘shildi. 929 
y.da Qarmatiylar Makkaga hujum qilib, "Qora tosh"ni olib ketdi. Oradan 20 y. o‘tgandan 
keyin bu toshni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Asta-sekin K. tevaragida turli 
inshootlar, jumladan, asosiy musulmon mazhablarining minbarlari tiklandi. 20-a.ning 
50-60-y.laridagi katta ta’mirlash vaqtida bu inshootlar olib tashlandi. K. butun dunyo 
musulmonlarining eng muhim markazi va birlik ramzi bo‘lib keldi, hozir ham shunday 
bo‘lib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida ahamiyatini 
tan oladilar. Har yili dunyoning barcha mamlakatlaridan musulmonlar haj ibodatini ado 
etish uchun bu yerga keladilar.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin