Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
168
kechirishda oz narsa bilan qanoatlanish, mo’tadillik, tuban mayllardan ozod bo‘lish. 5.
Uzlat - tanholikda bo‘lish,
ruhni mustahkamlash, his-tuyg‘ularni jilovlash. Uzlatga ketish
hissiyotlarning bosilishiga olib keladi. 6. Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr) - Xudoning
ismini yod qilib turish, butun qalbni U bilan to‘ldirish.
Shundagina pastkashlik, hasad,
ochko‘zlik, ikkiyuzlamachilik kabi razilliklar kishi ko‘ngliga yo‘l topa olmaydi. 7. Tavajjuh
-butun vujud bilan Xudoga murojaat qilish, Unga cheksiz muhabbat qo‘yish, undan
boshqa narsa borligani his etmaslik. 8. Sabr - o‘z ixtiyori
bilan mashaqqatlar chekib
bo‘lsa ham, nafs doirasidan o‘zini olib qochish. To‘g‘ri yo‘ldan adashmasdan borish
uchun kishi o‘z mayllarini so‘ndirishi lozim. Shundagina dil kuduratlardan poklanadi, ruh
nafs natijasida zanglab qolgan bo‘lsa, jilo topadi. 9. Muroqaba (tafakkurga g‘arq bo‘lish)
- qalb poklangani va tuban ehtiroslardan xoliligini tuyib, xotirjam bo‘linganini
eslab
xayolga cho‘mish, Xaq taolo rahm-shafqatini kutib turish holati. 10. Rizo - so’fiy endi
xudo uni sevib qolganligani, Alloh ko‘nganligini sezadi, uning uchun ana shu muhimdir.
Xudoga bo‘lgan muhabbat so’fiyning shaxsiy his-tuyg‘u sifatini yo‘qotib, yangi
ko‘rinishda -Allohning istak-xohishi tarzida namoyon bo‘ladi. Rizolik maqomi Haqqa
yetishganlikni bildiradi. Hozir ham K. ko‘rinishlarini uchratish mumkin.
Dostları ilə paylaş: