Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
169
tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chikdi.
Aqoid va Kalom masalalarida
Buxoro ulamolari bilan tortishib qoldi. Yirik ilohiyotchi olim Sa’daddin at-Taftazoniy
(1390 y. v.e.) kitobiga yozgan sharhida K. o‘z fikrini oshkora bayon qildi. 1808-09 y.da
Buxoro amiri Haydar huzurida bo‘lgan ulamolar majlisida o‘z qarashlarini qat’iyat bilan
himoya
qilsa ham, u dahriylikda ayblandi va qisqa muddat tutqunlikda saqlandi.
Buxorodagi mudarris ustozlarining talabi bilan ozodlikka chiqarildi. K. o‘z yurti - Qozon
yaqinidaga Yuqori Kursa qishlog‘iga qaytib, mahalliy madrasada mudarrislik qildi. U o‘z
qarashlarini mashhur "Al-Irshod lil-ibod" risolasida bayon qildi. Makkaga haj safari
paytida Istanbulda vafot etdi va o‘sha yerda dafn qilindi. K. g‘oyalari hayotlik chog‘ida
unchalik shuhrat topmadi. 19-a. 2-yarmida Marjoniyning asarlari orqali K.ning
islom
ilohiyotchisi va ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqatuvchisi ekanligi tan olindi.
Turkistonda uning qarashlarli keng tarqalgan va ko‘plab tarafdorlari bo‘lgan.
KURSIY (arab. - ikki qadam, o‘rindiq, taxt, tayanch, kursi) - islom manbalarida
Arshning
ikkinchi nomi, yetti qavat osmondan tashqari alohida sakkizinchi osmon ham
tushuniladi. Qur’oni karimning Baqara surasidagi 255-oyat "Oyat al-Kursiy" deb
nomlangan. Unda "Allohning Kursiysi Yeru osmonlardan ham kenglik qiladi" - deyilgan.
Uning tafsirida ba’zi olimlar Arshning keng va kattaligi Yeru osmonlarni o‘z ichiga
sig‘dirgudek
hajmda deb bilsa, ba’zilari Yeru osmonlar, ularning ichi va tashqarisidagi
barcha narsalardan xabardor bo‘lish
Allohning ilmidir, deb hisoblaydi. Bu kabi bahslar
Qur’oni karimdaga ayrim oyatlar mazmunini Muhammad (sav) hadislarida sharhlanmay
qoldirilgani bois vujudga kelgan. Bunday holatda tafsir yozgan olimlar o‘zlarining akd va
fikrlari doirasida izoh berishlari tabiiydir.
Dostları ilə paylaş: