Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
167
shunday deb atalgan. Qabila odamlari biron-bir ish kishidan oldin uning oqibati qanday 
bo‘lishini K.dan so‘rashgan. Qabiladoshlari Muhammad (sav)ni ham dastlab K. - folbin 
deb o‘ylashgan. Qur’on oyatlarida (52:29; 69:42) ularning shubhalariga javoban 
Muhammad (sav) K. - folbin ham, majnun ham emasligi alohida ta’kidlangan. Umuman 
islom an’anasida K.lar kelajak haqvda yolg‘on so‘zlovchilar sifatida talqin qilinadi. Ularga 
qarshi islom tarafidan qattiq kurashish tavsiya etiladi.
 
KUBRO, Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy (laqablari: "Najmiddin" 
("Dinning yulduzi"), "Kubro" ("Ulug‘"), "Abduljannob" ("Dunyodan chetlanuvchi, parhez 
etuvchi"), "Valiytarosh" ("Valiylarni tarbiyalovchi"); 1145-1221) — shayx, so’fiylikning 
mashhur vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi. Xiva (Xorazm)da tug‘ilgan. 
Yoshligidanoq hadis VA kalomni o‘rganadi, ilm istab Misrga boradi U yerda shayx 
Ro‘zbixon Vazzon al-Misriydan ta’lim oladi va uning qiziga uylanadi, Keyinchalik Tabriz, 
Hamadon, Dizfulga kelib ilohiyotdan saboq oladi. Misrga qaytgach. Ro‘zbixon K. to‘la 
komil inson bo‘lib yetishdi deb hisobladi va unga o‘z vataniga qaytishni maslahat beradi. 
K. Xorazmga kelgach, xonaqox kuradi va o‘z diniy maktabini yaratadi. K.ning shogirdlari 
orasidan tasavvufning tanikli nazariyotchilari, so’fiylik bo‘yicha mumtoz adabiyot vakillari 
yetishib chikdi. K. mg‘ul bosqinchilariga qarshi jangda shahid bo‘lgan, Uning qabri 
xonaqohi bilan birga Ko‘hna Urganchda. Bilishning K.ga xos tasavvufiy yo‘li bo‘yicha 
inson o‘z mohiyati bilan kichik olamdir, u katta olam bo‘lgan koinotdagi barcha 
narsalarni va sifatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ammo, ilohiy sifatlar yuqori samoviy 
doiralarda birin-ketin o‘ziga xos maqomlarda joylashganidan, haqiqat yo‘lini qidiruvchilar 
bunday kamolotga erishish uchun ma’lum riyozatli yo‘llarni o‘tishlari zarur. K. ana shu 
kamolotga erishish asoslarini ishlab chikdi. K. o‘z qarashlarini arab tilida yozgan bir 
necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "Favoix al-jamol va favotih al-jalol", 
"O’n usul", "Risolat al-Xoif al-hoim min lavm al-loim" va b. Bu asarlar arab mamlakatlari 
va Turkiyada chop etilgan. 'U Qur’onga so’fiylar nuqtai nazaridan sharh berishni 
oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni shogirdlari tugalladilar. Tasavvuf ta’limotining rivoji 
va keng tarqalishida katta omil bo‘lgan. K. merosi respublikamizda mustaqillik tufayli 
o‘rganila boshlandi. 1995 y.da O’zbekistonda K. tavalludining 850 yilliga nishonlandi. 
"Najmiddin Kubro" (Toshkent, 1995), "Sharhi risolayi odobul zokirin" (Urganch, 1997) 
kitoblari nashr etildi.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin