Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
163
bo‘lsalar-da, dunyoqarashi bo‘yicha mutaziliylarning aql-idrokka asoslangan yo‘lini 
davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi -moturidiylik ham mustaqil tarzda taraqqiy 
etdi. Ash’ariylar maktabi asosan shofi’iylar orasida tarqalgan bo‘lsa, moturidiylik 
hanafiylik doiralarida ko‘plab tarafdorlarga ega bo‘ldi va xususan, Movarounnahr 
musulmonlarining asosiy aqidasiga aylandi. 
13-a.dan K. Ibn Sino asos solgan sharq falsafasi bilan yaqinlasha boshladi. Natijada, Ibn 
Xaldun ta’biri bilan aytganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo‘lib qoldi. Bu 
hol Baydoviy (1286 y. v.e.), Isfahoniy (1349 y. v.e.), Ijiy (1355 y. v.e.), Taftazoniy 
(1390 y. v.e.), Jurjoniy (1413 y. v.e.)lar ijodida o‘z ifodasini topdi. Yangi va eng yangi 
davrlarda Jamoliddin Afg‘oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi 
musulmon islohotchilarining asarlarida K. va ayniqsa, mu’taziliylar g‘oyalari mafkuraviy 
asos vazifasini bajarib keldi. Vaqt o‘tishi bilan islom olamida faqat axli sunna va 
jamoaning ilmi K. bo‘yicha ta’limotlari hukm suradigan bo‘ldi. Falsafa va b. fikriy 
mazhablar chiqqanidan keyin ilmi K. istilohining o‘zi ham iste’moldan chiqib ketdi. 
KARBALO - Iroqdagi shahar, Karbalo muhofazasi (gubernatorligi)ning ma’muriy 
markazi, Furot daryosi vodiysida, Bag‘doddan 85 km jan.-g‘arbda. Shialikdagi 
musulmonlarning ziyoratgohi. Ali ibn Abu Tolibning o‘g‘li Husayn ibn Ali hokimiyat uchun 
kurashda 680 y.da K. yaqinidagi jangda halok bo‘lgan, K.da dafn qilingan, keyinchalik bu 
yerda maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh bo‘lib qolgan. Imom Husayn 
maqbarasi bir necha marta buzib tashlangan, keyinchalik salobatli inshoot majmui 
qurilgan. K. har yili muharram oyida motam marosimi o‘tkaziladigan markaz 
hisoblanadi.
 
KAROMAT (arab. - karomat, ikrom qilinish, yuqorilik, sharaf) - islom istilohiga ko‘ra, 
aqlni lol qoldiradigan g‘ayritabiiy hodisalar. Shu hodisalar payg‘ambarlardan namoyon 
bo‘lsa - mo’jiza, aziz-avliyolardan sodir bo‘lsa - K. deyiladi. G’ayridin, kufr ahdidan sodir 
bo‘lsa, sehr-jodu, ko‘zbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli bo‘lish) deb 
ataladi. Mas., Muso payg‘ambar qo‘lidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib 
chiqqani, kerak bo‘lganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib 
yuborgani mo’jizadir. Muhammad (sav)ga berilgan mo’jizalarning eng ulug‘i - Qur’oni 
karim sanaladi. K.lar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq 
masofani oz muddatda bosib o‘tishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, 
hojatlari zudlik bilan ravo bo‘lishi va b. bilan izohlanadi. K. 2 xil bo‘ladi: birinchisi -asliy; 
ikkinchisi - kasbiy. Asliy K. quyidagi oyatda ifodasini topgan: "Batahqiq, biz Bani Odamni 
mukarram qildik. Ularni kuruklik va dengazda ko‘tardik. Ularni pok rizklar ila 
rizqlantirdik" (al-Isro surasi, 70-oyat). Ushbu K. mo‘min bo‘lsin, kofir bo‘lsin, 
bashariyatning hamma a’zolari uchun umumiydir. Kasbiy K. quyidaga oyatda ifodasini 
topgan: "Albatta sizning Alloh huzurida mukarramrog‘ingiz, taqvodorrog‘ingizdir" 
(Hujurot surasi, 13-oyat). Bu K. taqvodor mo‘minda hosil bo‘ladi. Odatdan tashqari 
ishlarga K., deyishlik majoziydir. Chunki, Alloh taolo o‘sha ishlarni taqvodor mo‘minning 
ikromi uchun uning tomonidan sodir etadi. K.ning zohir bo‘lishidagi hikmat: K. sodir 
bo‘lganidan so‘ng valiyning ishonchi yana ham ziyoda bo‘lib, dunyodagi zuhdi-taqvosi 
kuchayib, havoyi nafs da’vosi yo‘qolishidir. 


Islom Ensiklopediyasi 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin