www.ziyouz.com kutubxonasi
160
- K - KABIRA (arab. katta, yirik) - islomda eng katta va og‘ir gunoh. Islomda gunoxlar katta
- K. va kichik - sag‘iraga bo‘linadi. Ulamolar qaysi gunohlar K. va qaysinisi sag‘ira ekani
xususida fikrlari turlicha. Gunohi K. – hadd jazosiga loyiq, ya’ni, shariatda jazosi belgilab
qo‘yilgan gunoh yoki do‘zaxga kirishga, la’natga va g‘azabga sazovor qiladigan gunoxlar
K.. gunoxdardir. Sag‘ira (kichik) gunoh esa: "Bu dunyoda haddga loyiq emas, u dunyoda
do‘zax, la’nat va g‘azab ila qo‘rqitilmagan gunoxlardir. K.ning eng birinchisi va Alloh
tomonidan kechirilmaydigani - kufr (Allohni inkor etish) va shirk (Allohga biror narsani
teng qilish)dir. K.ning turlari ko‘p. Mas., ota-onani norozi qilish, birovning joniga nohaq
qasd qilish, sehr-jodu bilan shug‘ullanish, yolg‘on guvohlik berish, tuhmat yoki bo‘hton
qilish, zinokorlik, o‘g‘rilik, sudxo‘rlik, farz ibodatlarni bajarmaslik, harom qilingan
narsalarni iste’mol etish va h.k. Shirk va kufrdan boshqa gunoxdar qiyomat kuni Alloh
tomonidan kechirilishi yoki ular uchun ma’lum me’yorda jazo berilishi mumkin. Mo‘min
odam gunohi K. qilishi bilan kofir bo‘lib qolmaydi. Agar o‘sha ishni halol sanasa kofir
bo‘ladi. Yoki Alloh halol qilgan narsani harom qilsa, kofir bo‘ladi. Shuningdek, gunohi K.
tufayli ularni kofirga chiqarish ham to‘g‘ri yo‘qdan chiqishdir. Ahli sunna va jamoa biror
kishini gunohi K. qilgani uchun kofir qilmaydilar Murji’iylar gunohi K. qilganni kofir
qilmaydilar va imon bo‘lsa, gunohi K. zarar qilmaydi, deb hisoblaydilar. Xorijiylar esa
gunohi K. qilganni kofir, deydilar Mu’taziliylar gunohi K. qilganni iymondan: chiqaradilar
va kufrga kirgazmaydilar.
KAVSAR (arab. mo‘l-ko‘l) - islomga ko‘ra jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi
Qur’oni karimdagi 108-sura ham K. deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha K.ning
suvi asaldan totli, qor va sutdan oq bo‘lib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik
ko‘rmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan mo‘min-musulmonlar mazkur K
suvidan ichishlari to‘g‘risida bashorat beriladi. K. surasi Qur’on suralar ichida eng qisqasi
bo‘lib, 3 oyatdan iborat.