Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
159
muhim o‘rin tutgan. U 16-a.ning 50-y.larida Shayboniylar davlatidagi toj-taxt uchun
bo‘lgan kurashlarga aralashib, o‘z muridi Abdullaxon II ning
taxtga chiqishiga yordam
beradi. Bu davrga kelib J.x.ga Buxorodagi Sumiton qishlog‘i in’om etiladi. J.x.ning ota-
bobolari Buxorodagi Chor Bakr mozoriga qo‘yilganligi uchun 16-a.dan boshlab J.x. bu
joydagi qabrlar ustiga hashamatli maqbara kurib, ziyoratgohga aylantirishgan. Bu
ziyoratgohdar katta vaqf yerlariga ega bo‘lib, ularga J.x. merosxo‘rlar tariqasida egalik
qilishgan va bu yerlar J.x. xo‘jaligining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. J.x.
katta
yer-mulkka, yuzlab qullarga, ko‘plab chorva mollarga, sug‘orish
inshootlariga, savdo
korxonalariga ega bo‘lganlar. Ularning savdo karvonlari 16-a.ning 2-yarmidayoq xorij
bilan savdo aloqalari olib borgan. Mustahkam iqtisodiy poydevorga ega bo‘lgan J.x.
shayboniylar davlatining siyosiy hayotida juda katta rol o‘ynagan. Ingliz sayyohi A.
Jenkinson 1559 y.da Buxoroda bo‘lib, bu yerdaga ruhoniylarning rahbarlari bo‘lgan J.x.
haqida shunday degan edi: "Buxoroda diniy rahbar bor. Unga qirolga nisbatan ko‘proq
kuloq
soladilar, u o‘z xohishi bilan qirolni o‘rnidan olib, boshqasini qo‘ya oladi". J.x. 17-
a.ning 1-yarmida mamlakatda paydo bo‘lgan qiyin siyosiy vaziyatdan so‘ng o‘zlarining
oldinga mavqeini yo‘qotganlar.