JIRJIS - musulmon rivoyatlarida zikr etilgan shaxs. Allohga e’tiqod qiluvchi falastinlik
taqvodor, Iso (as) havoriylaridan birining shogirdi. J. e’tiqodi yo‘lida zolimlardan panoh
izlab Iroqqa, zolim, butparast Mosul podshosi huzuriga keladi. Podsho uni e’tiqodidan
qaytarish uchun turli azoblarga soladi, lekin J. ularga osonlikcha bardosh beradi. Shunda
uni qayta-qayta qatl qiladilar, lekin har bir qatldan so‘ng Alloh uni tiriltirgan. J. uchun
Alloh yana boshqa mo’jizalarni ham namoyish etadi - kambag‘al bechora kampirning
o‘lgan ho‘kizlarini tiriltiradi, o‘liklarni qabrdan turg‘izadi, yog‘och kursilarni daraxtga
aylantiradi va b. Pirovardida Alloh mal’un podsho va uning shahrini yo‘q qilib tashlaydi.
J. haqidagi rivoyatlar xristianlikdagi avliyo Georgiy haqidagi rivoyatlar bilan
hamohangdir. Musulmonlarda u Hizr va Ilyos nomlari bilan birga keladi.
JIHOD, g‘azavot (arab. - g‘ayrat qilish, kuchni ishga solish) - din yo‘lida kurash. Dastlab
J. deyilganda islomni himoya qilish va yoyish uchun kurash tushunilgan. Bu kurashga
nisbatan Qur’onda Muhammad (sav)ning Makka va Madinada kechgan xayot
faoliyatlariining muayyan shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda gurlicha ko‘rsatmalar
bor: 1) ko‘pxudoliklar bilan mojaroga bormaslik va ularni okdllik va odob bilan haqiqiy
dinga og‘dirish; 2) islom dushmanlariga qarshi mudofaa urushi olib borish; 3)
g‘ayridinlarga hujum qilish, lekin muqaddas oylarda harbiy harakatlar olib bormaslik; 4)
ular bilan har vaqt va hamma joyda kurash olib borish. J. so‘zi lug‘atda urush ma’nosini
anglatmaydi, buning uchun arab tilida "qitol" so‘zi ishlatiladi. J. so‘zining lug‘atdagi
xususiyatidan kelib chiqib J.ning turlari ham ko‘paygan. Islomda J. ma’nosi avvalo urush
ma’nosida emas, Allohning diniga so‘z bilan da’vat qilish ma’nosida yuzaga kelgan.
Insonning havoyi nafsining kuyiga kirmaslik, uni yengab shariatga muvofiq yashash
uchun jon jahdi ila qilgan harakati, haq so‘zni joyini topib aytmoqligi J.ga kiradi.
Farzandni ota-onasi xizmatida bo‘lishi ham J.dir. Islomning dastlabki o‘n uch yili
davomida Muhammad (sav) boshliq sahobalar Makkada urush ma’nosi bo‘lmagan J.ni
olib borganlar. O’sha vaqtda Alloh taolo musulmonlarning mushriklarga qarshi kuch
ishlatishini man qilgan edi. Shu bilan birga ulardan yetgan azob-uqubat va ozorlarga
sabr qilishga amr qilgan ham edi. Faqatgina xijratning ikkinchi yili (mil. 624 y.) Qur’oni
karim ta’biri bilan aytilganda 'O’zlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani
uchun (urushga) izn berildi". Islomda J. hukmi sharoitga qarab o‘zgarib turadi. Dunyoda
fitna bo‘lmasligi uchun, Alloh dinning ustun bo‘lishi uchun qilinadigan J. farzi kifoya
hisoblanadi. Bunda dunyo bo‘yicha Yslomni tarqatish, Allohning dini yo‘lidagi g‘ovlarni
yo‘qotish uchun J. qilinadi. Kimki Islom da’vati yo‘liga to‘siq bo‘lmasa, erki o‘zi bilan -
xohlagan diniga e’tiqod va amal qilishi mumkin. Agar dushmanlar biror musulmon
yurtiga urush qilib, bostirib kirsalar, J. hamma musulmonlarga farzi ayn bo‘ladi. J.ga
ko‘ra agarda musulmonlar yurtiga tashqaridan hujum bo‘lmasa, balog‘at yoshiga
yetmaganlar, aqli norasolar, xizmatkorlar, ayollar, bemor-zaiflar, safar aslahalari