Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
151
JA’FAR as-SODIQ, to‘liq ismi Ja’far ibn Muhammad Abu Abdulloh (taxm. 700-765) -
shialiqdagi ja’fariylik mazhabi asoschisi, shialarning 6-imomi. "Sodiq" laqabini to‘g‘ri so‘z
bo‘lganligi uchun olgan. Madinada tug‘ilgan. J.as-S. nasabi ota tomondan hazrat Aliga,
ona tomondan hazrat Abu Bakr Siddiqqa. borib taqaladi. J.as-S.
siyosiy faoliyatda
mutlaqo qatnashmagan, imomlikka da’vogarlik ham qilmagan. U hokimiyat uchun qurolli
kurash olib borishning dushmani edi, o‘z qarindoshlarining (739-740 y.larda
Zayd ibn
Alining Kufada, 762 y. Muhammad an-Nafs az-Zakiyning Hijozda) chiqishlarini
qoralagan. Lekin diniy fanlar (hadis, tafsir, fiqh)ni o‘rganishda oilaviy an’anani davom
ettirgan va "mo’tadil" shialarning ma’naviy rahbari bo‘lgan. U fiqh va ilohiyot masalalari
muhokama qilinadigan majlislar tashkil etgan. Rasululloh avlodlari (ahdi bayt)ning eng
ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biriga aylangan. J.as-S. din usullarini ishlab chiqqan.
Uning
kimyoga oid bir necha risolalari bo‘lgan. Hoz. ba’zi musulmon ulamolari J.as-S. "arab
ilmiy an’anasining otasi" degan fikr bildiradilar.
JA’FARIYLIK - shialikdagi diniy-huquqiy mazhab. Unga Ja’far as-Sodik, asos solgan,
deb hisoblasalar-da, aslida 9-10-a.larda bir necha mujtahid va
ilohiyotchilar tomonidan
ishlab chiqilgan. J. sunniylikdaga 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik va
hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-huquqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. J.
imomiylik yoki isnoash’ariylar deb ham yuritiladi. Shialikdagi imomiylik mazhabi o‘zining
shariat hukmlarini Imom Ja’far as-Sodiq(ra) fiqhidan olgani uchun J. deb nomlanadi. Bu
mazhabda ijtihod eshiklari ochiq hisoblanib mujtahid Qur’on va sunnatga tayangan holda
ijtihod qilishi mumkin. J. mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi:
ja’fariylar qiyosni Qur’on, sunna, ijmo’dan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladi,
shialikdagi imomlar
naqllarinigina tan oladi, vaqtinchalik nikoh (mut’a)ga yo‘l qo‘yadi,
xavf paydo bo‘lgan chog‘da o‘z e’tiqodlarini yashiradi, ijtihod (diniy va huquqiy masalalar
bo‘yicha mustaqil fikr yuritish)ga imkon yaratadi. J. 16-a. boshlaridan Eronda hukmron
diniy-huquqiy mazhabga aylangan.
Dostları ilə paylaş: