Islom Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
152
JIZYA (arab. - jon solig‘i) - dastlab arab xalifaligida,
keyinchalik boshqa musulmon
davlatlari (jumladan, O’rta Osiyo) da musulmon bo‘lmagan fuqarolardan olingan jon
soligi. J. balogatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, kul va ishga
yaroqsizlar esa J.dan ozod qilingan). J., asosan, pul va natura tarzida undirilgan. J. 3 xil
bo‘lib, yilda bir marta olingan. Ishga yaroqli er kishidan 12 dirham, o‘rta holdan 24
dirham, boydan esa 48 dirham olingan. Zero,
musulmon davlati, musulmon bo‘lmagan
fuqarolarni ham huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzdan saqlashi
lozim. Shuning evaziga undan J. olinadi. 48 dirham beruvchi har oyda 4 dirhamdan, 24
dirham beruvchi har oyda 2 dirhamdan, 12 dirham beruvchi har oyda 1 dirhamdan
beradilar. Agar ular islomni qabul qilsalar J.dan ozod qilinganlar.
Dostları ilə paylaş: