Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
147
birodarlar tashkiloti va hoz. zamon Yevropa partiyalarining unsurlari qo‘shilib ketgan.
Uyushmaning asoschisi targ‘ib qilgan ta’limot keyinchalik bir necha boshqa islom
mafkurachilari (Said al-Qutb, Mustafo as-Siboi va b.) tomonidan rivojlantirildi. MBU
faoliyati mafkura, qonun, axloqiy me’yor va b.ning yagona manbai sifatida islom
qoidalariga asoslangan "adolatli islom jamiyati"ni qurishga qaratilgan. Bu maqsadga
erishish uchun,
MBU rahnamolari fikricha, "taraqqiyotning islom yo‘li"dan borish kerak.
MBU xayr-ehson va ma’rifatchilik faoliyatidan (1928-36) to siyosiy hayotda terror usulini
keng qo‘llashda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.
1949 y.da Hasan al-Banno o‘ldirilganidan keyin tashkilotda ajralish yuz berdi: bir qancha
mustaqil guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘ddi. 1954 y. Misrda bu tashkilotlarning
respublika tartib-qoidalariga qarshi qaratilgan faoliyati g‘ayriqonuniy, deb e’lon qilindi.
Lekin ular keyingi yillarda yashirin holatda ish ko‘rib,
prezident Nosir hukumatini
ag‘darib tashlashga bir necha marta urindilar. 70-y.larda prezident Sadat davrida I.al-m.
tashkiloti ochiq holatga o‘tib, yana faoliyatini kuchaytirdi. 70-y.lar oxiri - 80-y.lar
boshida Misrda I.al-m. va unga yaqin bir necha o‘nlab tashkilotlar faol ish olib bordi.
1981 y.da Sadat ekstremistik islom guruhdaridan birining a’zolari tomonidan
o‘ldirilgandan keyin, Misrda I.al-m..ning ko‘pchilik tashkilotlari man etildi, rahbarlari
qamoqqa olindi. 30-y.lar o‘rtalaridan boshlab MBU bo‘limlari
Misrdan tashqarida ham
vujudga keldi. Hozirda I.al-m. tashkilotlari bir qancha musulmon mamlakatlarida
mavjud. Bu tashkilotlarning faoliyati "ixvoniylar" ("birodarlar") harakati degan umumiy
nom oldi. Ixvoniylar harakati o‘zining ijtimoiy-sinfiy tarkibi hamda siyosiy va g‘oyaviy
yo‘nalishi jihatdan bir xil emas. Bu harakat ichida uch asosiy yo‘nalish mavjud. Bular:
"mo’tadil" Misr mafkurasining tarafdorlari (I.al-m. nomini olganlar); turli nomdagi ko‘p
guruhdarni o‘z ichiga olgan o‘ng ekstremistlar hamda bir necha yirik xalqaro tashkilotlar
(mas., 50-y.larda Iordaniyada tashkil etilgan Islom ozodlik partiyasi va b.); "islom
sotsializmi" mavqeida turuvchi "islom demoqratlari"dir. Bu harakatning g‘oyaviy-siyosiy
yo‘li hozir mustaqillikka erishgan yosh mamlakatlarda har xil qo‘poruvchilik
ishlarini
amalga oshirish va davlatlar o‘rtasida nizolar chiqarishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: