www.ziyouz.com kutubxonasi
146
aybini e’tiborga olgan holda, ham unga nisbatan eng munosib jazo berishni ko‘zda
tutgan holda tabaqaviy yondashish imkonini beradi. Umuman olganda har qaysi
musulmon, agarda uning aybi isbotlansa, har qanaqa jazoga tortilishi mumkin. Biroq sud
uning madaniy darajasi va ijtimoiy ahvolini hisobga olishi shart va shunday jazoni
tanlashi kerakki, u eng samarador bo‘lgani hodda ortiqcha qattiq ham, tahqirlovchi ham
bo‘lmasin.
Huquqbuzarlik uchun javobgarlik insonning umumiy huquqiy qobiliyati shakllaridan
biridir va shunga ko‘ra barcha huquqiy qobiliyatlar (mas., yosh bolalar va aqli zaiflar)
jazoga tortilmaydilar, qullar, ayollar va b. to‘liq huquqqa ega bo‘lmaganlarga erkin
musulmon erkakka beriladigan jazoning yarmi beriladi. Jazoni teng yarmiga bo‘lishni
imkoni bo‘lmagan holatlarda (mas., o‘lim jazosi), qul xuddi erkin kishi kabi jazoga
tortiladi. Agarda jinoyatchi g‘ayridin bo‘lib, uning jinoyati qaysi dindaligi bilan mutlaqo
bog‘lanmagan bo‘lsa, u xuddi musulmon kabi jazolanadi; tabiiyki u tavba qilishdan ozod
etiladi, albatta, buning o‘rniga unga jarima to‘lash yuklatilishi mumkin. Hoz. vaqtda
jazoning barcha turlari shaklan saqlanib qolgan, biroq eng rivojlangan mamlakatlar
qonunchilik idoralari tomonvdan qabul qilingan jazo turlari, ya’ni qamoqqa olish va
majburiy mehnatga jalb etish, jarimalar va jamoatchilik o‘giti kabilar afzal ko‘rilmoqda.
IQTISOB - bu dunyo ne’matlariga erishmoq. O’zi va yaqinlarini I. doirasida zaruriy
narsalar bilan ta’minlash har bir musulmonning vazifasidir, unga qad. payg‘ambarlar va
Muhammad (sav)ning sahobalarini savdo va hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlari
ham misol bo‘lishi mumkin. Hunarmandchilik va savdo yo‘li bilan topilgan mablag‘ davlat
maoshidan ko‘ra sofrokdir. I. Allohning marhamatiga umid qilib (tavakkul) o‘zini o‘zi
ta’min etishdan voz kechuvchi taqvodan afzaldir, o‘z nafsini barcha narsadan tiyish - har
qanday qotillik kabi gunoxdir.