ISHROQ ("sharqiy munavvarlik") -so’fiylikdagi - falsafiy ta’limot; Yahyo as-Suxravardiy
(1191 y. v.e.) tomonidan ishlab chiqilgan. Yorug‘lik va zulmat ramzlaridan, shuningdek,
zardushtiylikdagi muqaddas kitoblardan olingan obrazlardan keng foydalanib as-
Suxravardiy aslini olganda o‘ziga xos ta’limot yaratgan. I. haqidagi ta’limotga asosan har
qanday mavjudlikning manbasi va energiyasi "Oliy nur" (nur al-anvar; fors. - xorra)
bo‘lib, u o‘zining borlig‘i bilan birinchi maxluq - "farishta", Baxman nurini "yoritadi".
I. ta’limotiga ko‘ra bayon etilgan dunyo manzarasi so’fiyning o‘ta berilib zikr tushishi
paytida o‘ta sezgir va ongli bilimga ega bo‘lishi mumkinligiga isbot bo‘lib xizmat qiladi.
So’fiyning ruhi moddiy olamning har xil "chiqitlari"dan zohidlik tajribasi orqali
poklangach, ilohiy nur bilan "nurlanadi", u "dunyoning sir-asrorlaridan" boxabar bo‘ladi
va o‘z manbasi tomon uchib, u bilan qo‘shilib ketadi.
ISHQ (arab. - muhabbat) - tasavvufda Allohga bo‘lgan ishq. Allohdan o‘zga har qanday
mahbubga bo‘lgan ishq yoki muhabbat soliklar nazdida majoziy ishq sanalgan.
Tasavvufona bitilgan g‘azal va boshqa turdagi she’rlarda majoziy ishq orqali haqiqiy ishq
tarannum etiladi.
I’JOZ al-QUR’ON - islom aqidasida Qur’oni karimni mo‘jizakor va beqiyos ekanligani
anglatuvchi atama.
IQOB (ko‘pligi iqobot; sinonimlari uquba, azob, jazo, naqal) - jazolash, fiqhning eng
muhim kategoriyalaridan biri. Qonunni buzganlik uchun I. faqat sud hukmi, ya’ni imom,
qozi, odilona sud qiluvchi yoxud jamoat tartibini nazorat qiluvchi boshqa bir shaxsning
hukmi bilan qonuniy ravishda berilishi mumkin. Jazo berish xillari deyarli to‘liq suratda
johiliya davridagi kundalik huquqiy me’yorlardan olingan. Barcha jazolar quyidagi
turlarga bo‘lingan: o‘lim jazosi, undan ko‘zlangan maqsad jamiyatni jinoyatchidan to‘liq
xalos etish; qasos oluvchi jazolar, ular ijtimoiy adolat hissini qondiriishari lozim bo‘lgan;
oldini oluvchi jazolar, ular evaziga kelajakda huquqbuzarliklar kamayishi ehtimoli
oshadi; ibratli jazolar, ular, asosan, huquqbuzarning o‘ziga ta’sir ko‘rsatib, uni
keyinchalik xukuqni buzishdan qaytarishga qaratilgan. Jazolash usullariga qarab, ular
jismoniy, ozoddikdan mahrum qilish va quvgan qilish, jarimalar, jamoatchilik ta’siri va
tavba qilish kabilarga bo‘linadi. Jazo jinoyatning og‘ir-engilligi qatiy mutanosib bo‘lmoga
lozim. O’lim jazosi (qatl) islomga qurol ko‘tarib chiqqanlarga, ya’ni isyon ko‘targani
uchun yoki dindan qaytish haqida va’zxonlik qilgani uchun berilishi mumkin. Agarda
qo‘lga tushgan jinoyatchi tavba qilsa, u holda o‘lim jazosi yengilroq jazo bilan
almashinadi. Qotil, ayniqsa talon-torojlik bilan bog‘liq qotillikka o‘lim jazosi belgilanadi.