www.ziyouz.com kutubxonasi
142
ISROFIL - islomda to‘rt bosh farishtadan biri (Azroil, Jabroil, Mikoil bilan birga) qiyomat
kuni darakchisi. U ikki marta sur chaladi. Birinchi chalganida butun dunyo ostin-ustun
bo‘ladi. Tog‘lar kul tepalarga yoki bo‘yalgan junlar kabi narsalarga aylanadi. Osmondagi
yulduzlar to‘kiladi. Daryo suvlari bir-biriga qo‘shiladi. Dunyo tep-tekis bo‘ladi. Ikkinchi
marta chalganda eng birinchi yaratilgan Odam (as)dan boshlab kim dunyoda yashagan
bo‘lsa, hammasi tiriladi va Yer (mahshargoh)da yig‘iladi. I. gunohkorlarning do‘zahda
qiynalayotganliklarini ko‘rib, ularga achinganidan kunduzi 3 marta, kechasi 3 marta
yig‘lar ekan. I. Bibliyada Serafiil nomi bilan ma’lum.
ISRO VA ME’ROJ - islom tarixida Muhammad(sav)ning Makkadan Quddusga qilgan
tungi sayrlari (isro) hamda Quddusdagi Aqso masjididan osmonga ko‘tarilishlari
(me’roj). Bu haqda Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda keng ma’lumotlar berilgan. Bu
hodisa ilohiy mo’jizalar turiga kirgani uchun moddiylik va aqliy dalillar bilan
chegaralanuvchi kishilar uni inkor etadi. Hadis va rivoyatlarda aytilishicha, Muhammad
(sav) Jabroil (as) boshchiligida tuvda ko‘p yillik masofani bosib o‘tib, bu samoviy
sayohatlaridan boy xotiralar bilan qaytishgan. Jumladan, yetti qavat osmon oraliklarida
o‘zlaridan oldinga o‘tgan yirik paygambarlar bilan muloqotda bo‘lishgan. Jannat va
do‘zaxni tomosha qilishgan. 5 vaqt namoz ham shu kechada farz qilingan. Bu hodisa
tasvirlab yozilgan ko‘pgana asarlar mavjud. I. va m. kechasi islom olamida diniy bayram
sifatida har yili hijriy rajab oyining 27-kechasida nishonlanadi.
ISTISLOH (arab. - manfaatlarni hisobga olish) - fiqhning qo‘shimcha manbalaridan biri,
uning me’yorlarini aql-idrok bilan ifodalash usuli (q. Ijtihod). I. "mutlaq manfaatlar"
atamasining sinonimi. I. tushunchasi asosida musulmonlar dinini saqlash, ularni hayotda
qo‘llab-quvvatlash, avlodning aql-idrokli bo‘lishi uchun qayg‘urish, ularning davom
etishini ta’minlash, mol-mulkini himoya etish g‘oyasi yotadi. I. tarafdorlari fikricha,
Qur’onda, sunnada aniq javoblar berilmagan masalalar yuqoridaga besh manfaatni
hisobga olish yo‘li bilan hal etilishi lozim.