www.ziyouz.com kutubxonasi
136
rol o‘ynay boshlagach, ilohiyot oqimlarining barchasi yo‘qolib ketgan. 5) So’fiylik yoki
tasavvuf tariqatlari. So’fiylik goyalari keng tarqalgach, musulmon mamlakatlarida har
biri o‘z yo‘li (suluk)ni olib borgan so’fiylik rahnamolari (pirlar) nomi bilan bog‘liq ravishda
juda ko‘p uyushmalar paydo bo‘lgan. Ulardan ko‘plari o‘rta asrlardayoq yo‘qolib ketgan.
Lekin, hozirda ham g‘oyat ko‘p tariqatlar mavjud. O’rta Osiyoda -naqshbandiylik,
yassaviylik, kubroviylik, Kavkazda - muridizm, xorijiy Sharq mamlakatlarida o‘rta
asrlardan ma’lum bo‘lgan qodiriylar, bektoshiylar, rifo’iylar, tayfuriylar, suhrovardiya,
mavlaviylar, shoziliylar, chishtiylar, safaviylar, haydariylar, ne’matullohiylar, jaloliylar
keng tarqalgan. Ularning ayrimlari hozir ham mavjud. O’rta asr oxirlari va yangi davrda
Arab mamlakatlari, Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyo xalqlari orasida ham ko‘p tariqatlar
tarqalgan: salafiylar, shartariylar, rashidiylar, rahmoniylar, tayyibiylar, tinoniylar,
ammoriylar, hamoliylar, muridiylar, barqiylar, idrisiylar, sanusiylar, g‘ufriylar va h.k.
Umuman olganda 30 dan ortiq tariqat mavjud. I. m.ning barcha ko‘rinishlari islom
tarixida yuz bergan g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy aqidaviy va hayotning
boshqa sohalaridagi ixtiloflarni ifoda etadi. Shu jihatdan islomni shartli ravishda yaxlit
din hisoblash mumkin. Xilma-xil oqim va firqalarning vujudga kelishiga birinchi navbatda
ijtimoiy-siyosiy harakatlarning diniy shaklda namoyon bo‘lishi sabab bo‘lgan. Islom dinini
qabul qilgan xalqdarning madaniyati, an’analari, ilgariga diniy e’tiqodlari, shuningdek
ular yashagan geofafik sharoitlar ham oqimlarning xarakteriga ta’sir etgan.
"ISLOM NURI" - O’zbekiston musulmonlari idorasining diniy-ijtimoiy gazetasi. 1990
y.dan chop etiladi. Islom dinining asosiy manbai bo‘lgan Qur’oni karim va hadisi
shariflarga suyangan holda faoliyat ko‘rsatadi. Uning sahifalarida O’zbekiston
musulmonlari idorasining fatvolari, Oliy hay’at va Ulamolar kengashi qarorlari e’lon
qilinadi va islom arkonlari tashviq va targ‘ib qilinadi. O’zbekiston musulmonlari hayotiga,
axloq-odobga oid maqolalar, diniy asarlar keng yoritiladi.