Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
126
asari hisoblanadi. Undan tashqari u "as-Sunan as-sug‘ro" yoki "al-Mujtabo", "al-Xasois",
"Fazoil as-sahoba", "al-Manosik" va b. kitoblarni yozib qoldirgan.
IMOMIYLAR - shialikdagi asosiy oqimlardan birining tarafdorlari, Ali avlodiga taallukdi
12 imomni tan oluvchi mo’tadil shialar. I. 11-imom Hasan al-Askariy vafoti (873 y.)dan
keyin uning yosh o‘gli Muhammadni oxirgi, 12-imom deb tan oladilar.
Rivoyatlarga
ko‘ra, bu imom yo‘qolgan (tarixda o‘ldirilgan bo‘lsa kerak) deb hisoblanadi. I. uni
"yashiringan imom", ya’ni Mahdiy deb e’lon qilib, u qaytib kelishi bilan adolat tantana
qiladi, deb hisoblaydilar. "Yashiringan imom"ga e’tiqod I.ning asosiy aqidalaridan biridir.
Ular imomat ta’limotini asosiy qoida sifatida ilgari suradi, imomning saylab qo‘yilishini
rad etadi. Ular o‘zlarining hamma imomlarini "jabrdiyda" deb biladi va ularga e’tiqod
qiladi. I. shialarning ancha ko‘p tarqalgan qismidir. I. ta’limoti hoz. Eronning davlat dini
hisoblanadi. I. Iroqda aholining deyarli yarmini tashkil etadi. I.
jamoalari Livan, Kuvayt,
Bahrayn, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Afg‘oniston va b. mamlakatlarda bor.
Dostları ilə paylaş: