Islom
Ensiklopediyasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
125
jamg‘arma (1998 y. 4 noyab.). Muassislari: O’zbekiston musulmonlari idorasi, Madaniyat
ishlari vazirligi, O’zbekiston Fanlar
akademiyasi, Toshkent shahar va Samarqand viloyat
hokimliklari, "O’zbekturizm" va "O’zbekiston havo yo‘llari" milliy kompaniyalari,
O’zbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat
sharqshunoslik instituti, "Ma’naviyat va
ma’rifat" jamoatchilik markazi, "Mahalla" va "Oltin meros" jamg‘armalari va b.
Boshqaruvi -Toshkent shahrida, Samarqand bo‘limi - Chelak
tumanidagi Imom Buxoriy
yodgorlik majmuida joylashgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning "Ymom al-Buxoriy xalqaro
jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Farmonida (1998 y. 16 noyab.)
jamg‘armaning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Jamg‘armaning dastlabki ustav fondi
Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan o‘tkazilgan 50 mln. so‘m
va Kuvayt Davlati Amiri
tomonidan Imom Buxoriy yodgorlik majmuiga xayriya etilgan 500 ming AQSh dollaridan
shakllavdi. Jamg‘armaning asosiy fondlariga uning balansiga o‘tkazilgan binolar va
ko‘chmas mulklar,
jumladan, Imom Buxoriy yodgorlik majmui kiradi. Jamg‘armaning
milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlari O’zbekiston fuqarolari va tashkilotlari,
xalqaro tashkilotlar va xorijiy shaxslarning xayriya ulushlari uchun ochiq, deb
belgilangan. Tashkiliy tuzilmasi rais va uning o‘rinbosarlari,
ilmiy tadqiqotlarni
muvofiqlashtirish, turizmni rivojlantirish, xalqaro aloqalar va investitsiyalar, qo‘lyozmalar
elektron
kutubxonasi, Imom Buxoriy nashriyoti kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: