Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
IBN ASOKIR (Abulqosim Ali ibn al-Hasan) (1105 - Damashq -1176) - tarixchi
muhaddis, faqih va shoir. Madrasada tahsil ko‘rgach, o‘z bilimlarini yanada ziyoda 
qilmoq istagida Iroq va Xuroson bo‘ylab kezib, u yerlardagi ulamolardan ta’lim olgan. 
So‘ng Damashqqa qaytib, An-Nuriyya madrasasida mudarrislik qilgan. Tarix, hadis va 
fiqhga doir ko‘plab asarlar yaratib, "Sadiqat ud-diyn" (Din vafodori) hamda "Nur ud-
diyn" (Din nuri) kabi faxriy unvonlarga sazovor bo‘lgan. Uning eng yirik asari "Tarixu 
madiynati Dimashq" ("Damashq shahri tarixi") bo‘lib, u ko‘proq "Tarixu ibn Asokir" ("Ibn 
Asokir tarixi") nomi bilan ma’lum. Shom (Suriya) va Damashq tarixi hamda shomlik 
mashhur kishilar tarixiga bag‘ishlangan mazkur asar 80 jilddan iborat. I. A. hadis va fiqh 
ilmiga oid "Al-Muvofaqot", "Al-Atrof lis-sunan", "Mu’jam ash-shuyux", "Manoqib ash-
shabob" nomli asarlar ham yozgan. 
IBN BOBUYA ash-Shayx as-Soduq Muhammad ibn Ali Abu Ja’far al-Qummiy (? - 991) -
shialarning mashhur ilohiyotchi olimi, faqih; shia rivoyatlari bilimdoni, imomiylar 
(ja’fariylar) huquqini ilk bor ishlab chiqqanlardan. Yoshlik chog‘idayoq Xurosonda shia 
rivoyatlarini bilishda unga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 965 y. u Bag‘dodga kelib, 
Buvayhiylar bilan yaqinlashgan va faol tashviqot ishlarini boshlagan. I.B.Ray sh.da vafot 
etgan. I.B. 200 ga yaqin asar yozgan, shundan 20 tasi saqlanib qolgan. Asosiy asarlari - 
"Man la yahduruhu al-faqih" - 4 rivoyatlar to‘plami (al-usul ar-arba’)dan biri shialikdagi 
imomiylar fiqhi bo‘yicha eng e’tiborli asar hisoblanadi. 
IBN JAUZIY, Jamoliddin Abul Faraj Abdurahmon ibn Ali (taxm. 1116-1201) -hanbaliylik 
mazhabi faqihi, ilohiyotchi, muhaddis, tarixchi, bag‘dodlik mashhur va’zxon. Bag‘dodda, 
o‘ziga to‘q misgar oilasida tug‘ilgan. Turli fanlardan ta’lim olgan. Xanbaliylikning 
mashhur allomalari unga ustozlik qilganlar, jumladan, faqih va va’zxon Ibn az-Zag‘uniy 
(1133 y. v.e.), Abu Bakr ad-Dinovariy (1137 y. v.e.) unga munozara qilish san’atidan, 
adib Abu Mansur al-Javoliqiy (1144 y. v. e.) unga ilmi adabdan, Abu-l-Fadl ibn Nosir 
(1150 y. v.e.) hadis va Qur’ondan saboq bergan, faqih Abul Hakim an-Nahravoniy (1161 
y. v.e.), qozi Abu Yada Kichik (1163 y. v.e.) va b. I.J. Bag‘dodning diniy-siyosiy hayotida 
faol qatnashgan. Xalifa al-Mustadiy davri (1170-80)da hanbaliy mazhabi poytaxtda 
hukmron mavqega ega bo‘lgan. I.J. saroy masjidida va’zxonlik qilganida uni eshitish 
uchun juda ko‘p xalq to‘plangan. Xalifa vafotidan so‘ng o‘rniga an-Nosir o‘tirgach, 
vaziyat o‘zgargan va I.J.ning ishlari orqaga ketgan. 1194 y. hanbaliy vazir Ibn Yunus 
vazifasidan chetlatilib, qamoqqa olingan, o‘rniga shialardan bo‘lgan Ibn al-Qassob 
o‘tqazilgan. I.J. an-Nosir siyosatini tanqid qilgani uchun hibsga olinib, Vositga surgun 
qilingan, u yerda qamoqda qattiq nazorat ostida saqlangan. Xalifaning onasi aralashuvi 
tufayligina 5 yildan so‘ng ozod etilgan. I.J. Bag‘dodga tantanali suratda qaytib kelgach, 
biroz vaqtdan so‘ng vafot etgan. 
I.J. eng sermahsul musulmon allomalardan bo‘lib, 200 ga yaqin asar yozgan. Eng 
mashhur asari - 10 jidddi "al-Muntazam" - xalifalik tarixiga oid nodir manba. 12-a. 60-
80-y.larida Bag‘dod hanbaliylari peshvosi bo‘lgan I.J. hanbaliylik harakatiga juda katta 
ta’sir ko‘rsatgan.

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin