Microsoft Word islom ensik ziyouz com doc



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/426
tarix06.07.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#62664
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   426
Islom Ensiklopediyasi

 
HUBAL - qad. arab ma’budi, kinona qabilalar uyushmasi va ularning o‘troq tarmog‘i -
Qurayshiylar va Makka sh. homiysi. Rivoyatlarga ko‘ra H. kinoniylarga Shim. Arabiston 
(Nabateya)dan o‘tgan. Makkada uning sanamlari beshakl tosh hamda serdolik haykalcha 
ko‘rinishida mavjud bo‘lib, sindirilgan o‘ng qo‘li oltin qo‘l bilan almashtirilgan. Bu sanam 
Ka’bani ichida joylashib, uning bosh ma’budi bo‘lgan. H. uchta ma’buda - al-Lot, al-Uzza 
va Manatning eri, momoqaldiroq va yomg‘ir hukmdori hisoblangan. Uning haykali yonida 
kamon o‘qlari yordamida fol ochishgan. Makkalik mushriklarning musulmonlar jamoasi 
bilan kurashi davrida H. Allohga qarshi qo‘yilgan, biroq bu haqda Qur’onda zikr 
etilmagan. Makka fathidan so‘ng H. sanami Ka’badan chiqarilib, parchalab tashlangan.
 
HUD (as) - Qur’onda zikr qilingan payg‘ambarlardan biri. Qur’onga ko‘ra, u Od qavmiga 
payg‘ambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilardan iborat 
bo‘lib, Yaman va Ummon o‘rtasidagi Ahqof degan joyda yashagan, butlarga sig‘ingan, 
yolg‘iz Allohga ibodat qilishga da’vat etgan H.ni tahqirlab, yolg‘onchi va aqli zaif deb 
atagan. H. (as) o‘z qavmini agarda yolg‘iz Allohga ibodat qilmasalar avvalda o‘tgan 
sarkash qavmlarga bo‘lgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil bo‘lishidan 
ogohdantiradi. Ammo Od qavmi bari bir o‘z zalolatida davom etaverdilar va H. (as)ga 
itoat etmadilar. Shu kundan so‘ng Alloh 3 yil yomg‘ir yog‘dirmay, qurg‘oqchilikka gariftor 
etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. O’z qavmining imon keltirishidan umidini 
uzgan H. (as) o‘ziga imon keltirgan mo‘minlar bilan Makkaga ketib o‘sha yerda vafot 
etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli bo‘ron yuborib, hammalarini 
halok qildi ("Al-haaqqa" surasi 6-7-oyatlar). 
 
HUJVIRIY, Abu-l-Hasan Ali ibn Usmon al-Raznaviy al-Jullabiy (? - 1072-1076/77 y.lar 
oralig‘i) - fors tilida so’fiylikka doir birinchi asar muallifi. Unda so’fiylik tarixi va mohiyati, 
so’fiylar dunyoqarashi va amaliyoti sistematik tarzda bayon etilgan. Hujvir (G’aznadagi 
mahalla)da taqvodor oilada tug‘ilgan. Hanafiy mazhabiga e’tiqod qiluvchi sunniy H.. al-
Junayd (910 y. v.e.) so’fiylik maktabining izchil tarafdori bo‘lgan. Hayotining ko‘p 
qismini safarda o‘tkazib, Farg‘onadan Huzistongacha, Hindistondan Suriyagacha bo‘lgan 
mamlakatlarni kezgan. Hayotining so‘nggi damlari Lohurda kechgan, bu yerda u 
bizgacha.etib kelgan yagona (10 tadan) asari - "Kashf al-mahjub li-abror al-qulub"ni 
yozgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi - kirish qismi 14 bobdan tashkil topib, unda 
so’fiylikdagi ixtiyoriy qashshoqlik va ruhiy poklik masalalari tahlil etilgan, 74 so’fiy-
shayxlar tarjimai holi keltirilgan, 2 asosiy oqim (g‘arbiy va sharqiy) borligi qayd etilgan, 
shuningdek, so’fiylikdagi 12 "maktab" yoki mazhab ta’limotlari tahdil qilinib, shundan 
"10 tasi ma’qul topilib, 2 tasi esa, rad etilgan". Ikkinchi qism, asosan, javoblardan iborat 
bo‘lib, "Kashf al-hijob" deb nomlangan 11 qismdan iborat. Unda falsafiy qoidalar, 
so’fiylikdagi ta’limotlar va amaliyot, ularni shariat normalariga mos kelishi, so’fiylar 


Islom Ensiklopediyasi 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
107
orasida qabul qilingan texnik terminlar va b. ko‘rilgan. Asar keyingi davrda so’fiylikka 
doir fors tilida yozilgan adabiyotlarga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   426




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin