www.ziyouz.com kutubxonasi
103
ishlatilib kelingan. Hoz. vaqtda O’zbekistonda H.y.h.dan diniy muassasalar va ruhoniylar
foydalanadi.
HIZBULLOH (arab. - Alloh partiyasi) -islomdagi fundamentalistik firqa. 80-y.larning
o‘rtalarida tashkil topgan. Bir necha musulmon mamlakatlarda, asosan, Eron va Livanda
faoliyat yuritadi. H.ning asosiy shiori - "Islom respublikasi"ni tuzish uchun islom
inqilobini amalga oshirish. Iroqda, Isroil bosib olgan G’azo sektorida, Livanda xam H.
guruhlari bor. Hozirda H. Falastin -Isroil munosabatlari keskinlashgan sharoitda o‘ta
jangari faoliyati bilan ajralib turmoqda.
HIZBUT-TAHRIR (to‘la nomi "Hizbut tahrir al-islomiy" - "Islom ozodlik partiyasi") —
norasmiy siyosiylashgan diniy tuzilma (oqim). 1953 y.da Isroilda paydo bo‘ldi. Asoschisi
- shayx Taqiyuddin Nabahoniy (1909-1979). U Misrdagi "al-Azhar" universitetini
tamomlagan, Quddus i.da shar’iy shikoyat sudining a’zosi lavozimida ishlagan.
Iordaniyadagi "Musulmon birodarlar" diniy ekstremistik tashkiloti rahbarlaridan biri
bo‘lgan. "H.t." tuzilma jihatdan piramida ko‘rinishida tashkil topgan. "Doris"lardan tarkib
topgan "halqa"dagi 4-5 kishi guruh rahbari -"mushrif"dan saboq oladi. Bunday kichik
"halqa"larga bo‘linish, tashkilot asoschilarining fikricha, fosh bo‘lish imkoniyatini mumkin
qadar kamaytiradi. Mashg‘ulot haftada kamida 1 marta o‘tkazilishi shart. Bunday
"dars"larda nomigagana diniy ta’lim berilib, asosiy e’tibor yoshlar tarbiyasidagi ma’naviy
bo‘shliqdan foydalanib, ularning ongiga g‘arazli siyosiy fikrlarni joylashga qaratiladi.
Halqa a’zolari bir-birlarini faqat ismi yoki taxallusi orqali biladi. Tashkilotga a’zo
bo‘layotgan nomzod har qanday sharoitda ham hizb faoliyati haqidagi ma’lumotni sir
saqlash haqida qasam ichadi. Mintaqaviy rahbar - "mu’tamad", butun dunyo bo‘yicha
"H.t." harakati rahbari, ya’ni "amir" tomonidan belgilanadi va viloyat darajasida
ishlaydigan "mas’ul" hamda tuman miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi "musoid"ga rahbarlik
qiladi. Tumanlar ham alohida hududlarga bo‘linadi va 4 mushrifdan iborat "naqib"
rahbarlik qiluvchi "mahalliy jihoz"ni tashkil etadi. "H. t." ko‘pgana musulmon davlatlari,
jumladan Misr, Iordaniya, Tunis, Iroq, Jazoir, Sudan, Yaman va b. davlatlarda o‘z
faoliyatini yashirin olib bormoqda. Bugungi kunda bu tuzilmaga falastinlik Abulqadim
Zallum rahbarlik qilmoqda. Mazkur diniy tashkilot 1992 y.dan O’zbekistonda maxfiy
faoliyat yurita boshladi. Hizbchilarning maqsadi: tinch, osoyishta davlatda fuqarolar
urushini boshlash, mamlakat iqtisodiy faoliyatini izdan chiqarish, millatlar va dinlararo
nizolarni keltirib chiqarish, mamlakatga qurol-yarog‘ va giyohvand moddalarni olib kirib,
fuqarolarning tinch hayotiga raxna solish, mustaqil davlatni kurol-yarog‘ ishlab
chiqaruvchi xorijiy mamlakatlarga qaram qilish. Bu diniy tashkilotning 3 kurash bosqichi
bor. Bular 1) tasqif - tushuntirish ishlari. Onga to‘liq shakllanmagan yoshlarni o‘z
tuzog‘iga ilintirish. Fikri zaif, ta’sirga beriluvchan huquq-tartibot organlari,
hokimiyatlardagi mas’ul shaxslarni o‘z tarafiga og‘dirish; 2) tafoul - birgalikda harakat
qilish, fikriy kurash orqali "ummatning oyoqqa turishi, fikriy ongliligi yo‘lida fikriy
inqilobga etishish; 3) inqilob - to‘ntarish, hukumatni ummat orqali qo‘lga kiritish.
"H.t."ning g‘oyasi islom ta’limotidan uzoq, demoqratik-huquqiy davlat konstitutsiyasiga
ziddir. U vijdon erkinligini suiste’mol etib, siyosiy hokimiyatga intilish yo‘lini tutgan.
"H.t." 1989 y.dan turli tillarda "al-Va’y" (Ong) nomli oylik jurnal chiqarib, maxfiy
ravishda tarqatib keladi. "H.t."ning rasmiy faoliyati arab davlatlarida taqiklangan. Ushbu
tashkilotning Iordaniyadagi mas’uli shayx Axmad ad-Daur 1969 y. hukumatni egallashda
ayblanib qatl etilgan, 32 a’zosi Misrda sudlangan.