www.ziyouz.com kutubxonasi
99
ipak kiyim kiyish, ayollarga erkakcha kiyinish, tilla-kumush idishda ovqatlanish, avrat
joylarini ochib yurish kabilar ham H. amallardan sanaladi. Foydalanishi H. etilgan va
istifoda qilgan kishiga faqat zarar beradigan o‘simliklarni ekish ham, parvarish qilish
ham islomda H. hisoblangan. Mas., nasha, qoradori, afyun singarilar. Tamaki ham shular
toifasiga kiradi. Bir narsaning H. ekani shubhasiz, ochiq dalillar bilan ma’lum bo‘lsa, uni
ekish va yetishtirish ham H.dir. Agarda u narsa makruh bo‘lsa, uni ekish va yetishtirish
ham makruh sanaladi. Musulmon kishi g‘ayrimusulmonga sotish niyatida H. narsani
ekishi (u narsadan o‘zi foydalanmasa ham) halol bo‘lmaydi. Chunki, musulmon hech
qachon H.ga qo‘l urmasliga, H-Dan istifoda etmasligi, undan uzoq turishi kerak. Shunga
ko‘ra, mas., nasroniylarga sotish uchun cho‘chqa boqish ham musulmonga joiz emas. Bu
xususda islomning hatto araq tayyorlanishi aniq ma’lum bo‘lgan joyga uning
xomashyosini (uzum yo bug‘doyni) sotishni ham H. qilganini e’tiborga olsak, masala
yanada oydinlashadi.
HAROM MASJIDI (arab. - muqaddas masjid) - Makkadagi Ka’ba ibodatxonasi va u
bilan bog‘liq bo‘lgan majmua. Qur’onda shu nom bilan tilga olingan. Bu majmua
qadimdan mavjud bo‘lgan, arablarda islomgacha ham sig‘iniladigan muqaddas joylardan
biri hisoblangan. Yunon tarixchisi Ptolemey asarlarida 2-a.da Makka va undagi
ibodatxonaning mavjudliga qayd qilingan. 630 y. musulmonlar Makkani fath qilishgach,
H.m. islom dinining markazi, eng muqaddas ibodatxona deb tanilgan. H.m.
majmuasining markazida Ka’ba va hovlisida Zamzam bulog‘i, ikki tepalik (Safo va
Marva) bor. Tepaliklar tim bilan tutashtirilgan. Masjid 1570 y.da majmua bo‘lib
shakllangan. H.m. musulmonlar haj qiladigan muqaddas joy hisoblanadi. U
g‘ayrimuslimlar uchun yopiqdir. Oxirgi ta’mirlash ishlaridan so‘ng H.m. maydoni
kengayib, 328 ming kv.m.ni tashkil etadi. Bu esa, bir vaqtning o‘zida 730 ming, haj va
umra paytlarida esa, 1 mln. namozxonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Haj marosimining
boshlanishi va tugallanishida albatta H.m.ga kelib, Ka’ba tavof qilinadi.