www.ziyouz.com kutubxonasi
95
HAYIT (arab. iyd - bayram) musulmonlarning diniy bayrami. Islom an’anasida ikkita H.
rasman diniy bayram sifatida nishonlanadi: katta H. yoki qurbon H.i (arabcha iyd al-
kabir, iyd al-adho) va kichik H. yoki ro‘za D.i (arabcha iyd as-sag‘ir, iyd al-fitr). Qurbon
H.i haj marosimi va qurbonlik qilish bilan, ro‘za H.i esa, ramazon oyi nihoyasida og‘iz
ochish bilan bog‘liq. Kurbon H.i hijriy zu-l-hijja oyining 10-kunida, ro‘za H.i esa, shavvol
oyining 1-kunida bayram qilinadi. H.da masjidda ertalab H. namozi o‘qish, ro‘za H.ida
fitr-sadaqa berish (H. namozidan oldin), qurbon H.ida esa, kurbonlik qilish va sh.k. islom
bilan bog‘liq marosimlar yuzaga kelgan. H.dagi bu marosimlarga ko‘p joylarda
xalqlarning mahalliy odatlari: arafa kuni osh ulashish, yangi kiyim kiyish, "hayitlik"
berish, sayil qilish, yaqin odamlarini ko‘rish va h.k. ham qo‘shilib ketgan. O’zbekiston
mustaqillikka erishgach, qurbon H.i ham, ro‘za H.i ham umumxalq bayrami sifatida
nishonlanadigan bo‘ldi.
HAKAM ("donishmand") - odatiy huquq bilimdoni. Unga xuddi sudyadek turli huquqiy
masalalarni yechish uchun murojaat qilishgan. Johiliyat davrida Arabistonda H. qabila
boshlig‘i (shayx) lashkarboshi (qoid) va bashoratchi (kohin) qatorida qabila
rahbariyatiga kirgan. Islomning dastlabki o‘n yilliklarida uning o‘rniga xalifa tomonidan
tayinlangan diniy sudya - qozi kelmaguncha H. o‘z mavqeini saqlab qolgan. Vaqt o‘tishi
bilan o‘zining rasmiy maqomini yo‘qotgan H. yana ancha vaqtgacha qabiladoshlari va
qo‘shinlari uchun huquq sohasidagi bilimdonligicha qolgan, unga xolis sudya (hokim)
sifatida murojaat qilishgan.
HALLOJ Husayn ibn Mansur (858-922) -tasavvufdagi o‘ta so‘l oqimning yirik vakili.
Royaviy jihatdan qarmatlarga yaqin bo‘lgan. Tur, Bayda, Basra, Bag‘dod shaharlarida
bilim olgan. Musulmonlarning ayrim odatlariga va shariatning ba’zi qoidalariga zid fikrlar
aytgan. Islomning Alloh to‘g‘risidagi yakkaxudolik aqidasiga zid ravishda xudo insonda
namoyon bo‘ladi, inson va umuman moddiy olam Xudoning jilolanishi, "Men haq (xudo)
man", ("Ana-l-haqq"), mening o‘zligam - Xudoning o‘zligvdir, degan fikrni ilgari surgan
va bu fikr bilan vahdati-vujud ta’limotiga yo‘l ochgan. H. o‘z g‘oyalarini O’rta Osiyo,
Hindiston, Iroq va b. mamlakatlarda targ‘ib qilgan va muxlislar orttirgan. Musulmon
olimlari H.ni bid’atchilikda va shakkoklikda ayblab, qatl etishga hukm chiqarganlar.
HALOL ("erkin", "bog‘lanmagan", "tugunni yechish") - 1) Ruhsat berish; farz, mandub
va muboh tushunchalariga kiruvchi ruhsat etilgan xatti-harakatlar; man etilgan xatti-
harakatlar (harom)ning ziddi. H. haqidagi masalalarni fiqhning ahkom bo‘limi o‘rganadi.
Shariatda esa, haromlik tuguni yechilgan, ya’ni haromlik sifati yo‘q narsaga, H. deb
aytiladi. Chunki, harom narsaning man qilish tuguni bo‘ladi. H. narsada ana o‘sha tugun
bo‘lmaydi, bo‘sh bo‘ladi. Hadisi sharifda, H. ochiq-oydindir, deyilgan. Avvalo, nima
narsalar H. ekani ochiq-oydindir; suv, sut, meva suvlari kabi ichimliklar, non, meva,
poliz ekinlari, Allohning ismi aytib so‘yilgan H. hayvonlar go‘shtlari kabi taomlar, ruhsat
berilgan kiyimlar va nikohga olingan shaxslar kabilar H.dir.
Qolaversa, ushbu narsalarga ega bo‘lish ishonchli, shariatda ruhsat berilgan yo‘l bilan
bo‘lishi kerak. H. kasb deganda, aynan shu ma’noda gap ketadi. Ya’ni, H. narsaga H. yo‘l
bilan ega bo‘lish lozim. H. mehnat, meros, hadya, ikki taraf roziligi bilan bo‘lgan tijorat
tufayli qo‘lga kirgan mulk H. bo‘ladi. Musulmon odam uchun H. narsani talab qilish,
H.dan molu mulk topish farzdir. Musulmon inson o‘zi H. bo‘lgan narsani, shariatda H.