www.ziyouz.com kutubxonasi
96
qilingan yo‘l bilan topib foydalanishi kerak. Shariatda H. hisoblangan narsani harom deb
e’tiqod qilgan odam kofir bo‘ladi. 2) Shar’iy nikoxdan o‘tishlari mumkin bo‘lgan ayol yoki
erkak. 3) Haj ziyoratidan qaytib kelib, sochlarini oldirgan va kundalik kiyim-boshini
kiyib, ruhsat etilgan barcha odatdagi ishlar va kasb-hunar bilan mashg‘ul bo‘lgan kishi
holati.
HAMADONIY Yusuf (1048, Hamadonning Buzanjird qishlog‘i - 1141, Afg‘onistonning
Bomiyon sh.) - tasavvufning yirik namoyandasi, mashhur olim. Bag‘dodda Abu Ishoq
Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda o‘z bilimini oshirgan.
Tasavvufni Abu Ali Faryumodiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan o‘rgangan.
Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy (G’avsul-a’zam), Imom Razzoliy,
shayx Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda bo‘lgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan. H.
Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abdulxoliq Rijduvoniyni tarbiyalab,
voyaga yetkazgan. U keyinchalik xojagon-naqshbandiya tariqatining bosh shiorlariga
aylangan "xush dar dam", "nazar bar qadam", "safar dar vatan", "xilvat dar anjuman"
qoidalarini ishlab chiqqan. Xalifalaridan 4 nafari: Xoja Abdulloh Barqiy (Barraqiy)
Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq
G’ijduvoniy ustozidan so‘ng muridlarning tarbiyasi bilan shug‘ullanganlar. H. "Rutbat ul-
hayot"("Hayot mezoni"), "Kashf", "Risola dar odobi tariqat", "Risola fi annal-kavna
musaxxarun lil/inson", "Risola dar axloq va munojot" kabi asarlarni yozgan. "Hayot
mezoni" risolasi o‘zbek tilida ham nashr qilingan (T., 2003).
Hirotdan Marvga qaytayotganda Bomiyon sh.da vafot etgan. Keyinchalik xoki muridlari
tomonidan Marv sh.ga ko‘chirilib, qayta dafn etilgan. H. haqida Abdulxoliq Rijduvoniy,
Farididdin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy o‘z asarlarida muhim ma’lumotlar
keltirishgan.